

Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa raisligida Osiyo futbol konfederatsiyasi ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi ish boshladi. Unda OFK ijroqo'm a'zosi sifatida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etyapti. Yig'ilishda 2024-yil avvalida o'tkaziladigan Osiyo kubogining tashkiliy qo'mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda. Nufuzli musobaqada jamoalarning joylashuvi, mashg'ulotlari, translyatsiya va marketing huquqlari kabi masalalar bo'yicha takliflar ko'rib chiqilyapti. Turli yosh toifalaridagi qita musobaqalari hamda bu yil yangi formatda o'tkaziladigan Osiyo Chempionlar Ligasi tashkiliy qo'mitasining hisoboti tinglandi. Yig'ilishda FIFA prezidenti Janni Infantino qatnashib, Osiyo kubogining muvaffaqiyatli o'tkazishda Jahon chempionati tajribasini qo'llash masalalarida fikr yuritdi.






