Malta 13 yildan beri ilk marta o'z maydonida g'alaba qozondi
24 mar 2019 00:59
Yangiliklar


Malta 13 yildan beri ilk marta o'z maydonida g'alaba qozondi
Evro-2020ning saralash bahslari doirasida bo'lib o'tgan Malta va Farer orollari o'rtasidagi bahsda maydon egalari muvaffaqiyat (2:1) qozondi.
SHu tariqa, maltaliklar noxush ananaga chek qo'yib, 13 yil deganda uy stadionlaridagi ilk g'alabani qo'lga kiritdi. Malta so'nggi bora o'z maydonida 2006-yilning oktyabrida Vengriya ustidan zafar (2:1) quchgandi.
Aytish joizki, Malta rasmiy o'yinlarda oxirgi marta 2013-yili mexmonda Armaniston termasini mag'lub (1:0) etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar