“Malorka” futbolchisi “Real”ga qarshi o'yinda La Liga rekordini o'rnatdi
25 iyu 2020 08:45
Yangiliklar
“Malorka” futbolchisi “Real”ga qarshi o'yinda La Liga rekordini o'rnatdi
“Malorka” La Liga 31-turi doiraisda “Real”ga 0:2 hisobida engildi.
Uchrashuvning 83-daqiqasida “Malorka” safida Luka Romero ismli yarim himoyachi zaxiradan o'yinga qo'shildi. Gap shundaki, argentinalik futbolchi La Liga tarixiga maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida kirdi. U kecha o'yinga qo'shilgan vaqtida 15 yosh 219 kunlik edi. Natijada Romero “Selta” futbolchisi Sanson tomonidan 1939 yilda o'rnatilgan rekordni (15 yosh 255 kunlik) yangiladi.
Fikrlar