Ishonchsizlik haqidagi mish-mishlar rad etildi: Alonso Vinisius haqida bayonot berdi
25 sen 2025 12:22
Yangiliklar
Ishonchsizlik haqidagi mish-mishlar rad etildi: Alonso Vinisius haqida bayonot berdi
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso murabbiylar shtabi ishonchsizlikka uchragani haqidagi mish-mishlar fonida so'nggi paytlarda nomi OAVda tez-tez tilga olinayotgan Vinisius Junior bilan bog'liq vaziyat bo'yicha fikr bildirdi.
"Uning qilayotgan ishidan mamnunman. U muhim o'yinchi bo'lib qolishi kerak. Uning munosabatini to'liq tushunaman. Men o'zim ham futbolchi bo'lganman va uning his-tuyg'ularini yaxshi bilaman. Menga futbolchilarim bilan birga bo'lish yoqadi. Bu men uchun muammo emas", – dedi Alonso.
Braziliyalik futbolchi maydonda muhim o'yinchi ekanligini isbotladi: "Levante" darvozasiga to'p kiritdi. U joriy mavsum "Real" tarkibida 7 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar