So’nggi yangiliklar

14:03ФИФА "Реал" - "Барса" финали олдидан ҳакамлар нега матбуот анжуманида иштирок этганини тушунмаяпти  3 13:31"Реал" тўрт футболчиси билан хайрлашиши мумкин  7 12:54"Барселона" ўзига Германиядан марказий ҳимоячи топди  31 12:20"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерга қизиқиш билдирмоқда  3 11:46ПСЖ Европа топ-5 лигаларида охирги бўлиб мағлуб бўлди  4 11:20Дидье Дрогба Лионель Мессига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди  19 10:57«Манчестер Сити» ПСЖ футболчисига 100 миллион евро бермоқчи  2 10:33МЮ афсонаси профессионал ММАда дебют қилади. У илк рақиби сифатида «Барселона» афсонасини кўрмоқда  9 10:12«Арсенал» «Челси» ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 09:45Гвардиола Родрининг қачон майдонга қайтиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 09:18«Рома» АПЛдан ҳужумчи сотиб олмоқчи  8 08:50Пролига. Бугун 4-тур давом эттирилади  0 08:22ЦСКА Файзуллаевга нарх белгилади  17 07:54Суперлига. Бугун 7-турга старт берилади  10 07:26«Атлетико» «Реал»нинг кечаги ҳаракатларига кескин муносабат билдирди  39

"Malorka"ning koreyalik futbolchisi Toshkentdagi ilk o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi Yangiliklar

"Malorka"ning koreyalik futbolchisi Toshkentdagi ilk o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi

Toshkent shahrida U-23 Osiyo chempionati boshlandi.

Kecha Janubiy Koreya va Malayziya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda koreyaliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. 

Uchrashuvdan so'ng bahsning eng yaxshi futbolchisi, "Malorka" klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi azosi Li Kang-In mikst-zonada o'z fikrlarini bildirdi. 

"Biz bir jamoa bo'lib g'alaba qozonishga harakat qildik, qoniqarli natijaga erishganimizdan xursandman. 

Futbolchilar terma jamoaga yig'ilganiga ko'p vaqt bo'lmadi, shu sababli bazi kamchiliklar kuzatilgan bo'lishi mumkin. O'ylaymanki, kelgusi bahslarda bundan-da yaxshiroq o'yin namoyish etamiz. Nafaqat men, balki jamoadagi barcha o'yinchilar shunday maqsadni o'z oldiga qo'yishgan. Navbatdagi o'yinlargacha jamoadoshlar bilan bir-birimizni mukammal tushunib boramiz va bo'lajak uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz uchun hozirgidan kuchliroq tayyorgarlik ko'ramiz.

Men har doim jamoaga yordam berish uchun harakat qilaman. Bugungi bahsda ham nafim tekkanidan xursandman. Agar keyingi o'yinda menga imkoniyat berilsa, o'z ustimda yanada qattiqroq mehnat qilaman", - dedi futbolchi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика