So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Maldiv orollari bosh murabbiyi: "SHogirdlarim bilan faxrlanaman" Yangiliklar

Maldiv orollari bosh murabbiyi: "SHogirdlarim bilan faxrlanaman"

Osiyo Kubogi saralash bosqichi 2-turidan o'rin olgan Maldiv orollari – O'zbekiston (0:4) uchrashuvidan so'ng maldivliklar bosh murabbiyi Franchesko Moreiro fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men o'yin emas, sizning fikringiz haqida qiziqyapman. Biz juda kuchli jamoaga qarshi zo'r o'yin namoyish etdik. Har o'yinda individual xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Jamoangizning bunday o'yin ko'rsatishini kutgandim, bizda tayyorlanishga ko'p vaqt bo'lmadi, shunday bo'lsa-da, shogirdlarim bilan faxrlanaman. O'yin tugagach, Katanec biz haqimizda iliq fikr bildirdi. U sizning jamoangiz o'sadi, deb aytdi", – deya gap boshladi Maldiv orollari ustozi.

- Tailand va O'zbekiston o'rtasida qanday farq bor?

- Ikkala jamoa ham tamomila o'zgacha o'yin uslubiga ega. Tailand juda tezkor o'yip namoyish etadi, futbolchilari maydonda ochiq joy qidirishadi. O'zbekiston esa sifatli o'yin ko'rsatadi, ayniqsa, hujumdagi o'yinchi top-darajada (Eldor SHomurodov nazarda tutilmoqda – tahr.), jamoa uzun paslar orqali hujumni rivojantiradi.

- Bugungi mag'lubiyatga asosiy sabab Eldor SHomurodovning muvafaqiyatli o'yinimi yoki jamoaning boshqa qirralari ham ko'zga tashlandimi?

- Faqatgina bir futbolchi o'yin taqdirini hal qilmaydi. Futbol jamoaviy o'yin sanaladi. Biz himoyaviy o'yin ko'rsatmadik. Hujumkor o'yinni yaxshi ko'ramiz, shu bois raqibga qarshi mardonavor kurashdik.

- SHri-Lanka bilan bo'lajak o'yin haqida fikringiz...

- Ilk navbatda, mag'lubiyatni hazm qilish va unutishimiz lozim. Juda yaxshi o'ynadik, ammo kerakli natijaga erisha olmadik. O'yinchilarning ruhiyatini ko'tarish juda qiyin, ayniqsa, ikki mag'lubiyatdan so'ng. Ularni ruhiyatini ko'tarish kerak. Oxirgi o'yinda g'alaba qozonib, o'z vatanimizga g'alaba taqdim etmoqchimiz. Keyingi o'yindan so'ng g'alaba haqida gaplashamiz (kuladi).

- Futbolchilik faoliyatingizda braziliyalik Ronaldo bilan suratga tushgan ekansiz...

- Birga o'ynaganimizda uni Roni deb atardim. 1998 yili "Inter" tarkibida UEFA Kubogini qo'lga kiritganmiz. O'sha va undan keyingi xotiralar hamon yodimda. Hozir ham ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashib turamiz. Uning samimiylik, odamiylik xislatlari etirof etishga arziydi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика