Malayziya Superligasi. Etakchilar bahsida Quvondiq Ro'ziev jamoasi ustun keldi
10 iyu 2023 14:17
Yangiliklar


Malayziya Superligasi. Etakchilar bahsida Quvondiq Ro'ziev jamoasi ustun keldi
Kecha Malayziya Superligasi navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Maylayziya chempionatining 16-turi doirasida hamyurtimiz Quvondiq Ro'ziev to'p tepayotgan "SHri Poxang" o'z uyida asosiy raqobatchisi "Selangor"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlar foydasiga 1:0 hal bo'ldi. Yagona gol 50-daqiqada Kevin Ingreso tomonidan kiritildi.
O'zbekistonlik futbolchi Quvondiq Ro'ziev esa 78-daqiqada o'z o'rnini Rafael Silvaga bo'shatib berdi.
SHunday qilib, 16-turdan keyin "Joxor Darul Tazim" 100%lik natija (48 ochko) bilan yaqqol etakchi, "SHri Poxang" va "Selangor" hisobida esa endilikda 34 tadan ochko mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar