Maktomini: "5 yoshimdan buyon "Manchester Yunayted"ni sevaman"
10 jan 2021 15:15
Yangiliklar


Maktomini: "5 yoshimdan buyon "Manchester Yunayted"ni sevaman"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktomini "Uotford"ga qarshi o'yinda jamoa sardori sifatida maydonga tushdi va yagona gol muallifiga aylandi.
"O'yinni juda yaxshi boshladik. Dastlabki 30 daqiqalikda to'p bilan bo'ldik va ajoyib kombinaciyalar tashkil qila oldik.
SHundan keyin o'yinimizni yo'qotib qo'ydik. Ikkinchi bo'limda esa o'z darajamizga yaqinroq o'yin ko'rsatdik.
Bugun asosiy tarkibda maydonga tushganlar ko'p vaqt davomida zaxirada o'tirgandi. Menimcha murabbiy ham buni bilgan. Biroz charchab qoldik.
Sulsher menga jamoa sardori bo'lishimni aytganida sevinib ketdim. 5 yoshimdan buyon "Manchester Yunayted"ni sevaman. Endi bu butun umr davom etadi", - dedi Maktomini.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 30

Fikrlar