So’nggi yangiliklar

02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Maksim SHackixning O'zbekiston terma jamoasidagi faoliyati haqida Yangiliklar

Maksim SHackixning O'zbekiston terma jamoasidagi faoliyati haqida

Teglar :  Maksim SHackix
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackix bugun futbolchilik faoliyatini tugatishi haqida aytib o'tdi.
O'zbekiston terma jamoasida gol urish bo'yicha birinchi o'rinda turgan hujumchi haqida malumot berishga qaror qildik. Hamyurtimiz 60 marta milliy terma jamoa safida maydonga tushgan.

SHackix ana shu 60 uchrashuvning 38tasida to'liq o'ynagan. 19 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda uchrashuv davomida almashtirilgan. Qolgan 3ta bahsda murabbiy tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan. Maksim SHackix milliy terma jamoa safida jami 4779 daqiqa harakat qilgan.



Ilk o'yini, goli va sariq kartochkasi
SHackix terma jamoadagi o'z debyutini 1999 yilning 18 avgust sanasida Ozarboyjonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan. Uni terma jamoaga marhum Mahmud Rahimov jalb etgan. O'sha kuni hujumchi asosiy tarkibda maydonga tushgan va 3ta gol urgan (!). Samarqandda bo'lib o'tgan bahsda vakillarimiz 5:1 hisobida zafar quchishgan.

U terma jamoa safidagi 60 uchrashuvda 6 marta ogohlantirish olgan va bir marta maydondan chetlatilgan. SHackix o'zining ilk sariq kartochkasini 1999 yilda Osiyo kubogi-2004 saralashida BAAga qarshi o'yinda olgan.

Maksim SHackix O'zbekiston terma jamoasi safida 34ta gol urgan, bu hozirga qadar eng yaxshi natija hisoblanadi.



Ishtirok etgan musobaqalari
Qahramonimiz Osiyo Kubogi-2000, 2007 va 2011 saralashi va final bosqichilarida ishtirok etgan. Bundan tashqari SHackix JCH-2002, 2006 va 2010 saralashlarida ham maydonga tushgan. 2000 yil Livanda o'tgan Osiyo Kubogida Maksim SHackix terma jamoamiz safida barcha 3ta uchrashuvda maydonga tushgan va to'liq o'ynagan. Bu chempionatda termamiz guruh bosqichida Qatar bilan durang o'ynagan hamda Yaponiya va Saudiya Arabistoniga yirik hisobda mag'lub bo'lgan. 2004 yilgi qita birinchiligida hujumchi ishtirok etishi mumkin edi. Biroq Xitoyda tarqalgan virus tufayli Maks u erga borishni istamagandi.

Osiyo Kubogi-2007da O'zbekiston guruhda Malayziyani (5:0), Xitoyni (3:0) mag'lub etgan, Eronga taslim bo'lgan (1:2). CHorak finalda Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'yib (1:2 )musobaqani tark etgan. SHackix faqat Eron bilan bahsni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgandi. Sababi OK-2007 saralashida u Qatar bilan uchrashuvda qizil kartochka olgandi.  

Qatardagi Osiyo Kubogida hujumchi 4ta o'yinda maydonga tushgan va 1ta gol urgandi.
 


Raqib terma jamoalar
Maks futbolchi sifatida 26ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p Qatarga qarshi o'ynagan – 7 marta. Keyingi o'rinda Saudiya Arabistoni joylashgan - 6ta o'yin.

Sariq kartochkalari
Yuqorida aytib o'tganimizdek SHackix terma jamoa safida jami 6 bor sariq kartochka bilan jazolangan. Futbolchi bu ogohlantirishlarni Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Iroq, BAA, Janubiy Koreya va Tailandga qarshi o'yinlarda olgan.



Yillar
SHackix 1999-2011 yillar davomida terma jamoada faoliyat olib borgan. U 2008 va 2011 yillarda eng ko'p uchrashuv o'tkazgan – 11tadan.

Maksim SHackix terma jamoadagi eng so'nggi uchrashuvini 2011 yil 11 noyabr kuni KXDRga qarshi o'tkazgan. JCH-2014 saralashidagi o'yinda 1:0 hisobida yurtdoshlarimiz g'alaba qozonishgan edi.
 


Maksim SHackixning yubiley o'yinlari

#

Raqib

O'yin maqomi

Hisob

 Sana

Daqiqasi

1

Ozarboyjon

O'rtoqlik uchrashuvi

5:1

18.08.1999

 90

10

Ummon

JCH-2002 saralashi

5:0

08.09.2001

 90

20

Saudiya Arabistoni

JCH-2006 saralashi

1:1

09.12.2005

 90

30

Bangladesh

Osiyo Kubogi-2007 saralashi

4:0

11.10.2006

 90

40

Singapur

JCH-2010 saralashi

1:0

07.06.2008

 90

50

Bahrayn

O'rtoqlik uchrashuvi

4:2

12.10.2010

46

60

KXDR

JCH-2014 saralashi

1:0

11.11.2011

75



Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика