So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  0 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  2 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

Maksim SHackix: "Paxtakor"ni favorit deb hisoblashayotgani yaxshi, ammo bularning barchasi qog'ozda" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Paxtakor"ni favorit deb hisoblashayotgani yaxshi, ammo bularning barchasi qog'ozda"

Elit Osiyo CHempionlar Ligasi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Al Vasl" (BAA) uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda "Paxtakor" ustozi Maksim SHackix va futbolchi Abdulla Abdullaev ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kech. Ertaga yangi musobaqaning starti. Raqibni imkon qadar o'rganib chiqdik. "Al Vasl" o'z chempionatida bor-yo'g'i ikkita o'yin o'tkazdi xolos va tabiiyki ular haqida malumot ko'p emas. 

Juda yaxshi shakllangan va tajribali jamoaga qarshi o'ynaymiz – tarkibida legionerlar ko'p. Ertaga qiziqarli va jangovar o'yin bo'lishini taxmin qilaman. Oson o'yin bo'lmasligi aniq. Ertaga o'z kuchimizni sinab olamiz va hozirgi kunda nimaga qodir ekanligimizni bilamiz. Yangilangan tarkibimiz uchun dastlabki xalqaro sinov bo'ladi", – dedi Maksim SHackix.

"Raqib kuchli jamoa ekanligini bilamiz. "Al Vasl" ham bizga o'xshab ko'proq hujumda harakatlanishni maqul ko'radi. Ertaga qiziqarli uchrashuv bo'lishini kutyapman",  – dedi Abdulla Abdullaev.

- Ertangi uchrashuvda nima orqali jamoangiz o'ziga kerakli natijani qo'lga kiritishi mumkin? Sababi "Al Vasl" kuchliroq tarkib, yaxshiroq futbolchilarga ega...

- Birinchi navbatda, qatiy tartib-intizom tufayli g'alabaga erishishimiz mumkin. Biz ertangi uchrashuv uchun tayyorlagan rejamizga 90 daqiqa davomida rioya qilsak, bir nimaga erishishimiz mumkin. 

- "Al Vasl" jamoasi besh yildan so'ng Osiyo CHempionlar Ligasiga qaytdi, "Paxtakor" esa OCHLda muntazam ishtirok etadi. SHuningdek, jamoangiz tarkibida milliy terma jamoa azolari ham bor. SHu sababli ko'pchilik "Paxtakor"ni ertangi bahs favoriti deb hisoblamoqda. Ushbu fikrga qo'shilasizmi? "Paxtakor" ertaga qanday futbol namoyish etishga intiladi?

- Bizni favorit deb hisoblashayotgani yaxshi, ammo bularning barchasi qog'ozda. Fikrimcha, ertangi uchrashuvdagi imkoniyatlar teng. Qanday o'yin olib borishimizni aytib o'tmayman, bu sir bo'lib qolsin. Bir nechta reja tayyorlab qo'yganmiz. "Al Vasl" uzoq vaqt davomida OCHLda ishtirok etmagani hech nimani anglatmaydi. Jamoa etarlicha tajribaga ega. "Al Vasl" 13 sentyabr kuni "Al Ayn"ga qarshi bahs olib borishi kerak edi, ammo u uchrashuv qoldirildi. Bu jihat esa jamoa ertangi uchrashuvga juda jiddiy yondashganini bildiradi. Ertaga katta ishtiyoq bilan o'ynashimiz kerak bo'ladi.

- Abdulla Abdullaevga savol. O'tgan mavsum "Xorfakkan" jamoasi safida BAA chempionatida to'p tepgandingiz. "Al Vasl"ga qarshi ham o'yinlarda ishtirok etgansiz. Ushbu jamoa haqida nimalar deya olasiz? Jamoaning kuchsiz tomonlari yoki kuchli jihatlaridan xabardorsiz...

- Ha, men ushbu jamoaga qarshi ikki marotaba maydonga chiqqanman. "Al Vasl"ni yaxshi shakllangan jamoa deb ayta olaman. Ular himoyada ham, hujumda ham juda tartibli o'yin namoyish etishadi. Biz ham bekorga bu turnirda ishtirok etayotganimiz yo'q. Biz raqibga jang taklif qilamiz va maydonga g'alaba uchun chiqamiz. Bosh murabbiy raqibni to'liq o'rganib chiqqan va qanday o'yin olib borishni biladi.

- Mavsum avvalida jamoani xususiylashtirish masalasi keng muhokama qilingandi. Ushbu fikrlar hali hamon aktualmi? Jamoa namoyish etayotgan yomon natijalar shu masala bilan bog'liqmi?

- Bu savolingizga hech qanday javob bera olmayman. Bunday masalani rahbariyat hal qiladi. O'z stadionimizda o'ynamayotganimizning sababi – u stadionda xalqaro o'yinlarni qabul qilishga ruxsat berilmagani. Natijalarga keladigan bo'lsak, biz mavsum avvalida yoshlarga ko'proq etibor berishimizni elon qilgandik. Rahbariyat yozgi transferlar oynasida bir qancha iqtidorli yosh futbolchilarni harid qildi. Ularga minnatdorchiligimni bildiraman. Bizga biroz vaqt kerak. Tarkibimizdagi yosh futbolchilar milliy terma jamoaning kelajagi ekanligiga shubham yo'q.

- CHempionatdagi so'nggi uchrashuvda 3 nafar futbolchi qaydnomaga kiritilmagandi (Azmiddinov, Sobirxo'jaev, CHeran – tahr.). Ularnig holati qanday? Ular ertaga maydonga tushadimi?

- Ha, barchasi joyida. Ular maydonga tushadimi-yo'qmi, buni ertaga bilib olasizlar.

- O'yindan oldin sizni nima xavotirga solyapti? SHuningdek, O'zbekistondagi maydonlar holati haqida gapirib o'tsangiz...

- Yaxshiroq, sifatli maydonda o'ynashni istagan bo'lardik, albatta. O'zingiz ko'rib turibsiz, bu birgina stadionda bo'layotgan holat emas. Ertaga imkon qadar yaxshiroq o'yin namoyish etishga harakat qilamiz. Muxlislarnig qo'llab-quvvatlashiga ham umid qilaman. "Jar" katta sig'imli stadion emas, ertaga vanihoyat ko'pchilik kutgan OCHL yana qaytmoqda. Barcha futbolchilarning holati yaxshi va barcha sog'lom.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" – "Al Vasl" bellashuvi ertaga, 17 sentyabr kuni "Jar" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv boshlanish vaqti – 19:00.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика