So’nggi yangiliklar

13:58"Ал Насср" Саудия Арабистони лигасини Хитой чемпионати тақдири кутмаяпти  1 13:26Фарҳод Нишонов Осиё кубоги олдидан нималар деди?  1 12:58"Атлетико" "Барселона" ўйинчиси учун 50 млн евро атрофида маблағ тайёрлаб қўйди  14 12:55Ўзбекистон – Яман учрашувини қаердан кўриш мумкин?  3 12:35Винисиус Саудия Арабистони ҳақида: "Реал"да узоқ муддатга қолишга умид қиламан. Бу менинг уйим. Шу ерда тарихга киришни хоҳлайман"  9 12:07Гвардиола: "Бундай ҳолат илгари "Спортинг", "Брентфорд", "Манчестер Юнайтед"га қарши ўйинларда ҳам кўп марта юз берган"  35 11:49"Пахтакор"нинг собиқ мураббийи Россия клубида иш бошлади  3 11:40Жон Стоунз: "Олдинда яна 90 дақиқа бор ва биз вазиятни ўз фойдамизга тўғрилашимиз мумкин"  11 11:15«Барселона» ПСЖ футболчисини сотиб олмоқчи  6 10:48«Арсенал» ёзда 7 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  6 10:35Қосимов «Қўқон-1912» жамоасига ўтишга яқин  4 10:00Осиё кубоги. U-20 терма жамоамиз эртага ўз юришини бошлайди. Яманга қарши қандай либосда ўйнашимиз маълум  5 09:40Анчелотти иродали ғалабадан сўнг нималар деди?  22 09:14Виниcиус «Ман Сити» мухлисларининг осган баннери ҳақида фикр билдирди  31 08:48Бугун ўсмирларимиз Марокашга қарши баҳс олиб боради  6

Maksim SHackix faoliyatiga nazar Yangiliklar

Maksim SHackix faoliyatiga nazar

Bugun O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackix futbolchilik faoliyatini tugatishini elon qildi. Biz to'purar futbolchining faoliyatiga nazar tashlashga qaror qildik.
1978 yilning 30 avgustida tug'ilgan Maksim SHackix futboldagi ilk qadamlarini "Paxtakor" futbol maktabida tashlagan.

Uning eng gullagan davrlari shubhasiz Kievning "Dinamo" klubida o'tgan. 1999 yil Valeriy Lobanovskiy murabbiyligidagi jamoaga o'tgan Maks ushbu klubda 10 yil o'ynadi. SHu vaqt ichida ikki marta Ukraina chempionati to'purariga aylandi. 1999 yil 28 iyulida SHackix Evropa CHempionlar ligasidagi dastlabki golini "Jalgiris"ga qarshi o'yinda urdi. SHu tariqa, hujumchi ECHLda gol urgan dastlabki osiyolik futbolchi bo'ldi. Undan oldin UEFA bayrog'i ostidagi musobaqalarda Mirjalol Qosimov to'p kiritgandi. CHempionlar ligasida o'tkazgan 9 mavsumi davomida hujumchi 11 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

"Dinamo" safida Ukraina chempionatida 215ta o'yinda 97ta gol urdi. 2009 yilning 26 mayida Kiev klubi "SHaxtyor"ga qarshi o'ynadi. O'sha o'yin Maksim uchun klub safidagi oxirgi o'yin bo'lib qolishi malum edi. "Dinamo" stadioniga muxlislar hujumchiga atab ajoyib bannerni osishdi. Bannerni tomosha qiling.



Afsuski Kiev jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Syomin uni o'sha bahsda maydonga tushirmagan...

"Muxlislarga katta rahmat! Bu holatda oddiy qarab bo'lmasdi. O'zimni yig'idan zo'rg'a to'xtatdim. Ushbu bannerni esdalik uchun olib qo'ydim", - degandi o'sha uchrashuvdan so'ng SHackix.  

Hamyurtimiz shundan so'ng Qozog'istonning "Lokomotiv" (hozirgi "Astana"), Kievning "Arsenal", Odessaning "CHernomorec" klublarida faoliyat olib bordi. Ayni paytda Ujgorodning "Goverla" klubida o'ynamoqda.

2010 yilning 4 aprelida Arsenal (Kiev) - Metallurg (Zaporoje) (2:0) uchrashuvida qahramonimiz Ukraina chempionatlaridagi o'zining 100-golini urdi. Buning uchun hujumchiga 222 o'yin kerak bo'ldi.

SHackix Ukraina chemiponatida 125ta gol urib bu borada mutloq rekordchi hisoblanadi. Hamyurtimiz 97ta golni "Dinamo" safida, 22ta golni "Arsenal" tarkibida va 6ta golni "Goverla" safida raqiblari darvozasiga urgan.



SHackix 2003 yil Osiyoda yilning eng yaxshi o'yinchisi so'rovida uchinchi, 2005 yil esa ikkinchi o'rinni band etdi. To'rt marta O'zbekistonda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan (2003, 2005, 2006, 2007).

Qahramonimiz terma jamoa safida Osiyo Kubogi-2000, 2007 va 2011 saralashi va final bosqichilarida ishtirok etgan. Bundan tashqari JCH-2002, 2006 va 2010 saralashlarida maydonga tushgan.

U hozirga qadar O'zbekiston terma jamoasi safida eng ko'p gol urgan futbolchi hisobalandi - 61ta o'yin, 34ta gol.

2014 yilning 29 may kuni O'zbekiston terma jamoasi Ummon bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Mana shu bahs SHackixning terma jamoadagi eng so'nggi o'yini bo'lib tarixga kirdi.



"Bizni shuncha vaqt davomida qo'llab turganlarga rahmat aytaman. Bugungi tadbirni tashkil etganlarga rahmat. Terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga yo'llanma ololmaganim armonim bo'lib qoladi. Biz terma safidagi barcha o'yinlarda muxlislar uchun o'ynadik, barchaga rahmat. Termadagi o'yinlarim orasida birdaniga BAAga qarshi o'yin yodimga tushaveradi (OK-2000 saralashi. 1999 yil 27 noyabr). Bundan tashqari Samarqandda kechgan Ozarboyjonga qarshi debyut o'yinim ham yodimda",  - degandi SHackix Ummonga qarshi o'yindan so'ng. 

2010 yil sport jurnalisti Viktor Xoxlyukning tashabbusi va futbolchining roziligi bilan Ukraina klublarida to'p tepgan futbolchilar uchun Maksim SHackix nomidagi to'purarlar klubi tashkil etilgan. Unda hozirga qadar 172ta gol urgan SHackixning o'zi birinchi o'rinda bormoqda.



Maksim SHackix
Jamoaviy yutuqlari:

6 marta Ukraina chempioni
5 marta Ukraina Kubogi sohibi
3 marta Ukraina vice-chempioni
2 marta Ukraina kubogi finalchisi
1 marta Qozog'iston vice-chempioni

SHaxsiy yutuqlar:
2 marta Ukraina chempionati to'purari
4 marta O'zbekistonda yil futbolchisi




Quyidagi video orqali Maksim SHackix tomonidan "Nyukasl" posboni SHey Given darvozasiga urilgan supergolni tomosha qilish mumkin.



Bu videoda esa Maksim SHackixning faoliyatining yorqin lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin.



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика