So’nggi yangiliklar

01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  0 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  33

Maksim SHackix: "Bugun g'alaba qozonmaganimizda guruhdan chiqish imkoniyatimizni boy bergan bo'lardik" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bugun g'alaba qozonmaganimizda guruhdan chiqish imkoniyatimizni boy bergan bo'lardik"

Osiyo chempionlar ligasi A guruhi 3-tur bahsidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Axal" (3:0) uchrashuvidan so'ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim SHackix va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Aziz Turg'unboev matbuot anjumanida ishtirok etishdi.


- O'zingiz o'yin qanday kechganini ko'rdingiz. Barchasini to'liq nazorat qildik. Yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Birinchi uch ochkoni qo'lga kiritdik va keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

Aziz Turg'unboev: - Bugun muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik va chiroyli o'yin o'tkazdik. Hali guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz bor. Qolgan uch uchrashuvda g'alaba qozonsak, keyingi bosqichga yo'l olamiz.

- Bugungi uchrashuvga qarab "Paxtakor"ning hozirgi holatini baholasak bo'ladimi yoki "Axal" jamoasining darajasi past ekanligini bugungi o'yin natijasiga tasir qildimi?

- Avvalambor biz ajoyib o'yin o'tkazdik. "Axal" jamoasini kuchsiz demagan bo'lardim. Ular 1-turda "Al-Fayha"ni mag'lub etishdi va "Al-Ayn"ga qarshi kechgan uchrashuvda ham ancha sifatli o'yin namoyish etishdi. Ushbu jamoani ko'pchilik mensimayapti va bu noto'g'ri. Agar bugun g'alaba qozonmaganimizda guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz nolga teng bo'lar edi.

- Agarda o'tgan uchrashuvlari bilan solishtirsak, bugungi "Ahal" kuchsizroq edimi yoki o'tgan?

- Solishtirish noto'g'ri. Ular o'yda o'ynaganida raqib jamoa "Axal"ning kuchini past baholaganligi sabab mag'lub bo'ldi va suniy qoplamali maydon ham o'z tasiri o'tkazgan. Bizga ham suniy maydon katta muammo tug'dirishi aniq. Ashhobodga borgandan keyin u erdagi sharoitlarga moslashishga harakat qilamiz. "Al-Ayn"ga qarshi kechgan uchrashuvdagi "Ahal"ni bugun maydonda ko'rdim va raqib uslubi deyarli o'zgarmagan.

- Xoldorxonov bugun gol urishdan tashqari barcha vazifani alo darajada bajardi. Po'latxo'jaga gol urishi uchun nima etishmayapti?

- Gollar urish vaqti keladi. Eng muhimi hozir u men undan talab qiladigan vazifalarni bajarmoqda. U ko'proq mehnati qilish kerak. Maydonda mehnat qilsa, gollar urishni ham boshlaydi. Po'latxo'ja rivojlanishda davom etishi kerak, uning gol urish vaqti esa endi keladi.

- Siz asli qanot vingerisiz, ammo SHackix qo'l ostida himoyada ham, ikki qanotda ham va maydonda markazida ham o'ynamoqdasiz. Bunday katta hajmdagi vazifani bajarish sizga qiyinchilik tug'dirmoqdami?

Aziz Turg'unboev: - Yoshligimda qanot himoyachisi sifatida ham o'ynaganman. SHu sabab tez ko'nikib ketdim. Professional futbolchi tez moslashib ketish qobiliyatiga ega bo'lish kerak. Murabbiyning vazifasini qo'ldan kelgancha bajarishga harakat qilyapman.

- So'nggi matbuot anjumanida eronlik futbolchini unuting dedingiz. Kuxarchikga nisbatan ham shu fikrni qo'llasa bo'ladimi? U hozir jamoa bilan birgami yoki javobini berib yubordingizlarmi?

- U hozir jarohatlangan va shu sabab uni maydonda va qaydnomada ko'rmayapsizlar. Kuxarchik bilan yil yakuniga qadar shartnoma tuzganmiz. Mavsum so'ngida u o'zini yaxshi tomonlama namoyish etsa u bilan yangi bitim imzolaymiz. Unday bo'lmasa u jamoani tark etadi.

- Diyor Xolmatov bugun penaltidan foydalana olmadi. Tanaffusda unga nimalar dedingiz?

- U bugun zo'r o'ynadi. U masuliyatni o'z bo'yiniga oldi, bu esa yaxshi hislat. Penaltini ijro etish og'ir jarayon va juda katta masuliyat. Kecha "Nasaf" jamoasi ham 101-daqiqada penaltidan foydalana olmadi, juda hayajonli vaziyat edi. Men faoliyatimda ko'p bor penalti tepganman va shuni maslahat bera olamanki, darvoza o'rtasiga tepish kerak. Futbolchi o'z qarorida ikkilanyaptimi o'rtaga tepish kerak. 99 foiz holatlarda darvozabon qaysidir tomonga otiladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика