So’nggi yangiliklar

14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  0 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  3 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  6 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  1 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  1 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  6 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  12 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  9 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  4 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  8 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  11

Maksim SHackix: "Biz eng kuchli jamoamiz, bizni hech bir raqib mag'lub eta olmaydi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Biz eng kuchli jamoamiz, bizni hech bir raqib mag'lub eta olmaydi"

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" (2:1) uchrashuvidan so'ng poytaxtliklar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- O'yinni to'liq nazorat qildik. Birinchi bo'limda gol ura olmadik, ammo ikkinchi bo'limda o'z maqsadimizga erishdik. Raqib hisobni qisqartira oldi. Eng muhimi, chempionlikka erishdik.

- "Paxtakor" mavsumni qanday o'tkazdi?

- Mavsumni bir tekisda o'tkaza olmadik, shu sababli qiyinchiliklarga duch keldik. Ko'p ochko yo'qotdik va ko'p gol o'tkazib yubordik. Raqibga ko'p marotaba gol urishga imkon berganimiz meni havotirga soladi. CHempionlikga osonlik bilan erishib bo'lmaydi. O'tgan mavsum so'nggi turda, joriy mavsum bir tur avval chempionlikni nishonladik.

- "Paxtakor"ning selekciyasi haqida gapirib o'tsangiz? Yangi futbolchilarni jamoada ko'ramizmi? Menimcha, "Paxtakor"ga to'purar hujumchi etishmayapti.

- Ha. Albatta, yangi futbolchilarni jamoaga jalb etamiz. Bu borada reja tuzganmiz va ushbu rejani amalga oshirishga intilamiz. Keyingi mavsum jamoa butunlay o'zgaradi. Yanada kuchliroq va agressivroq jamoani ko'rasizlar. Ko'p marotaba takrorlaganman, qishki transferlar oynasida yaxshi futbolchilarni harid qilish qiyin. Sababi, ko'p chempionatlar kuz-bahor tizimi bo'yicha mavsum o'tkazadi, sifatli futbolchilar esa o'z jamoalarida o'ynashayotgan bo'lishadi. Yil yarmida yaxshi nomzodlarni topish biroz qiyinchilik to'g'diradi.

- Top darajadagi futbolchini jamoada ko'rishimiz mumkinmi? "Paxtakor" Luis Suaresga aloqaga chiqqan degan gaplar tarqalgan edi...

- Ha, u bilan gaplashdik. Kavani bilan ham muzokara olib bordik. Lekin bir narsani tushuninglar, ko'pgina yaxshi futbolchilarning O'zbekistonga kelishi qiyin masala. Yulduz futbolchini olib kelish muammo emas, ammo uni taminlash kerak. Top futbolchining yonida uning darajasiga teng jamoadoshlari bo'lishi kerak. Masalan, Messi jamoadoshlarisiz ham bemalol o'ynay oladi. Qolganlar esa unday emas. "Paxtakor" top futbolchini O'zbekistonga bemalol olib kela oladi, ammo bunga to'sqinlik qiladigan bir nechta muammolar bor. Yulduz futbolchi top darajadagi sharoit bo'lishini istaydi.

- "Paxtakor"ning stadioni yangilanadimi? Bu borada yangiliklar bormi?

- Bizda rejalar ulkan, siz ularning qanday ekanligini tassavur qila olmaysiz. Maqsadlarimizni oldindan aytib qo'ymayman. O'zingiz keyinchalik bilib olasiz. Yurtimizda bunday rejalarni tez amalga oshirishning iloji yo'q. Bunga biroz vaqt kerak.

- "Paxtakor" uchun joriy mavsum eng qiyin raqib kim bo'ldi?

- Aniq qaysidir jamoani ayta olmayman. "Paxtakor" chempionatda hech kimdan kuchsiz emas. Biz eng kuchli jamoamiz, bizni hech bir raqib mag'lub eta olmaydi. Biz faqat o'zimizga o'zimiz mag'lub bo'lishimiz mumkin. O'zingiz bilasiz, "Paxtakor"ga qarshi har bir jamoa qo'shimcha motivaciya bilan o'ynaydi.

- Farruh Sayfievning hozirgi holati haqida gapirib o'tsangiz. U so'nggi paytlarda ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda. Masalan, himoyachi bugun ham gol urilgan vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi.

- Hamma xato qiladi. O'yinda yo'l qo'ygan xatosini to'g'irlashimiz kerak edi. U golli pas berdi. Eng muhimi — xatolarni to'g'rilash. Xato qilishdan qo'rqish kerak emas.

Reyting: -65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика