So’nggi yangiliklar

00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  3 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  1 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  9 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  35 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  12 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  26 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  266 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  6 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28

Maksim Lisicin: "Nega vaziyat yarata olmadik? Bugun raqibning darajasi o'z so'zini aytdi" Yangiliklar

Maksim Lisicin: "Nega vaziyat yarata olmadik? Bugun raqibning darajasi o'z so'zini aytdi"

JCH saralashi 7-turi doirasida O'zbekiston termasi bilan o'yindagi mag'lubiyatdan keyin Qirg'iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin matbuot anjumanida qatnashdi.

"O'yinimiz o'xshamadi. Muxlislar kutganidek jangovor o'yin ko'rsata olmadik. Bu qizil kartochka bilan bog'liq ekanligi tushunarli. O'yin davomida ko'plab follar bo'ldi va shundan keyin raqiblar standartlarga ega bo'lishdi. Qizil kartochkadan keyin o'yinda o'zgarishlar qilishimiz kerak edi. Uchrashuv tugaganidan keyin xohishi, jangovorligi va o'zlarini o'yinga bahsh qila olganlari yigitlarga rahmat aytdim. Bugun o'yin davomida imkoniyatlarga ega bo'lmadik va natijani ham qo'lga kirita olmadik. Bu biz uchun tajriba bo'ldi" - deya fikr bildirdi Maksim Lisicin bugungi bahs haqida.

- Qirg'iz Respublikasi termasi bugungi o'yin uchun shunday scenariy bo'yicha tayyorgarlik ko'rganmidi? Qizil kartochkadan keyin jamoaning o'yinidan qanchalik qoniqdingiz? Statistikaga qarasak, bugun jamoangiz faqatgina bir marta raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Chetlatishdan so'ng qandaydir rejani ishga solishga harakat qildingizmi?

- Ha, biz qizil kartochkaga tayyor emasdik. O'yin boshida, chetlatilishga qadar raqiblar bir qancha standartlarga ega bo'lishdi. Futbolchilarimga raqib tomonidan ko'p bosim bo'ldi. Qizil kartochkadan keyin jamoam sinib qolmadi va qiyinlashib ketgan vazifani bajarishga harakat qildi. Lekin buni amalga oshirishni uddalab bo'lmadi va o'zimiz istagan ishlarni qila olmadik.

- Bugungi mag'lubiyatdan keyin terma jamoaning pley-off yo'llanmasini uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bizda yana uy o'yini bor. Bunga hozirdan ruhan va jismonan tayyorlanishimiz kerak. O'z maydonimizda ochko olishga harakat qilamiz. Balki shu o'yindan keyin obektiv hulosalarni chiqara olishimiz mumkin bo'lar.

- MDH mamlakatlarida bahorgi futbol faktori mavjud. Chempionatlar endi boshlangani tufayli, ko'pchilik futbolchilar hali eng optimal sport formasida bo'lmaydi. Ushbu jihat jamoangizning bugungi o'yinga tayergarlik ko'rishiga qanchalik halal berdi? 

- Bugungi o'yinga jamoa jismoniy holat bo'yicha tayyor edi. Ahamiyat bergan bo'lsangiz, bugun 105 daqiqa o'yin bo'ldi va bu borada qiynalmadik. O'yin tonusi borasida gapiradigan bo'lsam, nafaqat bizda, balki legionerlari ko'p bo'lgan boshqa termalarda ham futbolchilar har xil holatda termaga etib kelishadi. Qaerlardadir chempionat davom etayotgan bo'lsa, bizda chempionat endi boshlandi. Kimlardir ko'p o'ynasa, kimlardir kam o'ynaydi. Biz jamoani balansga qo'yishga harakat qildik. Hozircha barchasini ideal darajada balanslashtira oldik deya olmayman, lekin buning uchun etarlicha ishlarni qildik.  Bugun hujumga o'ta olmaganimizga sabab raqibning darajasi o'z so'zini aytdi deb ayta olaman.

- Termangiz taktikasida o'zgarishlar qilishni reja qilmayapsizmi? Chunki bugun faqat darvozabon jamoani qutqardi.

- Darvozabonni taktikaga qanday aloqasi borligini bilmayman. Ha, u bugun zo'r o'ynadi. Jamoasida ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, bugun ham o'zini ko'rsatdi. Taktika esa ko'p faktorlarga qarab tanlanadi. Hozir biz diskvalifikaciyalarga, jarohatlanganlarga qarashimiz kerak. Keyinchalik 3-5-2 yoki boshqa formaciyalarga qaraymiz. Barchasi detallarga, futbolchilarga va raqibga qarab tanladi.

- Joel Kojo zaxiraga olinganidan so'ng etiroz bildirdi? Ushbu vaziyat haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Barcha futbolchilar kabi u ham o'ynashni, faol bo'lishni istadi. Biroq murabbiy bunday holatda strategiyani aniqlashi kerak. Biz hozir qiyin holatdamiz. Oldinda o'yin bor va shu sababdan to'g'ri strategiya tanlashimiz kerak edi. Balki bu natija keltirar. Bugun uni keyingi o'yinga olib qo'ydik. Bizda resurslar etarlicha.

- Demak, Kojoni keyingi uchrashuvlarga asrab qolish uchun erta almashtirdingizmi?

- 60 daqiqa bu erta almashtirilish degani emas. Almashtirishlar orqali taktikalarni almashtirdik. Zaxiradan tushgan futbolchi orqali Kojoning vazifasini bajarishga harakat qildik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика