Maksi Gomes raqibining yuziga tepgani uchun chetlatildi
07 okt 2022 21:30
Yangiliklar


Maksi Gomes raqibining yuziga tepgani uchun chetlatildi
"Trabzonspor" hujumchisi Maksi Gomes "Monako" azosi Kamaraning yuzidan tepgani uchun unga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi.
Turk klubi 11-daqiqadayoq maydonda 10 kishi bo'lib qoldi. To'qnashuvdan keyin hakam VARga murojaat qildi hamda Gomesga qizil kartochka ko'rsatdi.
Bu "Trabzonspor"ga qimmatga tushdi — oradan atigi 3 daqiqa o'tgach, "Monako" futbolchisi Ben Yedder hisobni ochdi.
Birinchi bo'limda Ben Yedder penaltidan to'p kiritib, dublga erishtirdi.
Aksel Disasi esa 55-daqiqada Filippe Klement shogirdlarining g'alabasini taminladi. "Trabzonspor"dan esa Bakasetas jamoasining yagona golini 72-daqiqada urdi.
SHu tariqa, o'yin 3:1 hisobida yakunlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar