So’nggi yangiliklar

10:13Расман. «Арсенал» футболчи учун мавсум якунланди  0 09:42«Насаф»нинг яна бир собиқ легионери «Қизилқум»га ўтишга яқин  0 09:40Футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш босқичи. Бугун Қувайтга қарши баҳс олиб борамиз  0 09:14Элдор Шомуродов учун А Сериянинг икки клуби курашмоқда  10 08:45«Қўқон-1912» яна бир собиқ футболчисини ортга қайтарди  0 08:05«Ланс» Ҳусановнинг ўрнига кимни олиб келиши маълум  3 07:31«Ювентус» ПСЖ футболчиси билан шартнома тузди  2 07:00АПЛ. "Манчестер Сити" тайёр ғалабани қўлдан чиқарди. "Челси" эса охирги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  25 06:50АПЛ. "Ливерпуль" "Ноттингем"га қарши ўйинда очко йўқотди  5 06:40"Ювентус" "Аталанта"га қарши ўйинда А Сериядаги 13-дурангини қайд этди  3 01:25Дортмунднинг машхур нашрлари Ҳусанов "Ман Сити"га ўтиб кетаётганидан афсусда  14 01:10"Пахтакор" Португалия юқори лигасида ўйнаган бразилиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  4 00:55Бундеслига. "Боруссия Д" бу сафар аутсайдерга мағлуб бўлди. Жамоа охирги еттита ўйинда битта ғалаба қайд этди  4 00:40А Серия. "Милан" Фабрегаснинг жамоасини мағлубиятга учратди  2 23:28Романо Хвича Кварацхелия трансфери ҳал бўлганини маълум қилди  2

Maklaren talaba Yangiliklar

Maklaren talaba

Angliyalik taniqli mutaxassis Stiv Maklaren o'z hayotining yangi bosqichiga qadam qo'ydi: Nyukasl klubi va Angliya terma jamoasi sobiq ustozi ...universitetda tahsil ola boshladi.

SHu bois, The Sun nashri muxbiri uning  kelajak rejalari haqida qog'oz qoraladi.

Bir qo'lida ruchka, boshqasida daftar tutgan Stiv Maklaren yoshi o'tgan odatdagi talaba ko'rinishiga ega. Lekin shunisi borki, bu talaba birinchi kursning oddiy tinglovchisi emas, balki vaqtida Angliya termasini boshqargan mashhur shaxs. Qarangki, u yana partaga o'tirib, qayta tahsil olishni xohlab qoldi. CHunki olingan bilim yaqin kelajakda qo'l kelishi, aniqrog'i, sevimli ishi - murabbiylikka qaytishida yordam berishiga ishonadi. Stivning Nyukasldan ketganiga 6 oy bo'ldi. Takidlash joiz, u 2007 yilning noyabrida terma jamoa boshqaruvini topshirganidan buyon biror marta shuncha vaqt ishsiz yurmagandi. Mana, Maklaren endi bo'sh vaqtlarida Manchesterdagi mashhur Metropoliten universiteti sport menejmenti oliy maktabida saboq olyapti. Bilasizmi, o'qish jarayonida klubning moliyaviy faoliyatini chuqur tushuna boshladim. Bu erda jamoaga nafaqat maydondagi ishlar, balki uning atrofidagi voqeliklar tomonidan qarashni o'rgatishar ekan. O'zi hamisha o'qib, o'rganish, yangiliklardan boxabar yurishni yoqtirganman. Masalan, yozgi tatil vaqti London biznes maktabining 6 kunlik rahbarlik kursiga qatnadim. Ehtimolki, buning keragi yo'qdir, ammo mening fikrim boshqacha. Yani qaysidir klub rahbarlari meni ko'rishganida, Oh, shu yoshida ham o'qishni uddalabdimi, demak, o'z ishiga sidqidildan yondashadi, deb o'ylashlarini istayman. Umid qilamanki, yaqin kelajakda texnik yoki sport direktori lavozimida ish boshlayman. Umuman, tahsil olishdan maqsadim bitta - qaerga bormayin, to'g'ri maslahatlarim bilan kimlargadir yordam bersam, bas,- deydi qariya talaba.

Maklaren o'qish barobarida OAV bilan hamkorlik qilyapti, futbol o'yinlariga boryapti va turli seminarlarda ishtirok etyapti. Biroq hech kimda shubha yo'q - uning haqiqiy joyi murabbiylar o'rindig'ida. Stivning o'zi ham shu fikrda: Hali qarib qolganim yo'q va albatta, ishimni davom ettirishga tayyorman. Qolaversa, o'z salohiyatimni xorij klublarida sinab ko'rish niyatim bor (eslatma, Maklaren 2010 yili Tvente bilan Gollandiya chempionatida g'olib chiqqan). To'g'ri, menga Xitoy, Saudiya Arabistoni va Misrdan taklif tushdi. Biroq ularga katta etibor qaratmadim. CHunki Angliya yoxud Evropada ishlashni xohlayman.

Nyukasldagi 9 oylik faoliyati Maklarenga nisbatan ishonchni sezilarli darajada pasaytirdi. Zero, klub 28ta o'yinning atigi 6tasida g'alaba qozondi. Oxir-oqibat, Nyukasl chempionshipga tushib ketdi va Stivga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Biroq mutaxassis hali taslim bo'lganicha yo'q: Nimalarga qodirmanu, nimalarga yo'q - barchaga yaxshi malum. Nyukaslni boshqarishga ko'nganimdan hech qachon afsuslanmayman. CHunki u o'z ananalariga ega jamoa. Afsuski, men uchun hammasi dahshatli yakunlandi. O'ylaymanki, Nyukasl rahbarlari Benitesni chorlab, to'g'ri qilishdi. Rafa klubga keldiyu, barchasini o'z nazoratiga oldi - u klubda ham murabbiy, ham menejer, ham texnik direktor, ham bosh skaut.

Maklarenning aytishicha, uning uchun Nyukasldan ko'ra, Angliya termasini boshqarish qiyinroq bo'lgan ekan: Mahv etilmagan cho'qqilar bizni yanada kuchayishga undaydi, biroq terma jamoadagi ish davomida ado bo'lishimga sal qolgandi.

Qizig'i, Maklaren yozda ...


maqolaning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика