Makgregor "Seltik"ni xarid qilmoqchi
10 may 2021 16:28
Yangiliklar
Makgregor "Seltik"ni xarid qilmoqchi
Aralash jang ustasi Konor Makgregor futbol klubi xo'jayini bo'lmoqchi ekanligini aytdi.
"Manchester Yunayted"? Yo'q, gap "Seltik"ni xarid qilish haqida ketmoqda. Men bunga qiziqmoqdaman. Sport jamoasini sotib olmoqchiman. Men har qanday klubga foyda keltira olaman", - deydi Makgregor.
Oldinroq xabar berilganidek, "Seltik" Angliya Premer-ligasiga o'tmoqchi.
Jamoa SHotlandiya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumini ikkinchi o'rinda yakunladi va oltin medallar "Glazgo Reynjers"ga nasib etdi.
Fikrlar