Mahmud Muradov UFCdagi navbatdagi g'alabasiga erishdi
22 iyu 2023 23:14
Yangiliklar


Mahmud Muradov UFCdagi navbatdagi g'alabasiga erishdi
Hamyurtimiz Mahmud Muradov Londondagi UFC turnirida oktagonga ko'tarildi.
Turnir doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov amerikalik Brayan Barberenaga qarshi jang qildi.
3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Mahmud hakamlar qaroriga ko'ra g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, Mahmud shu kungacha UFCda 6 ta jang o'tkazgan. Bugun u promoushendagi 4-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bungacha u ikkita jangda imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Jang va uning atrofidagi tafsilotlar bilan Olamsport.com sayti orqali tanishing.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar