So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал" сафарда "Лас-Пальмас"ни енга олмади  15 01:30Вазифа "омадсиз" бажарилди... "Челси" мағлуб бўлган ҳолда Конференциялар лигаси гуруҳ босқичига йўл олди, "Астана"дан суперкамбек!  3 01:28Sofascore. "Ланс" мағлуб бўлган ўйинда Абдуқодир Ҳусанов неча баллга лойиқ кўрилди?   0 01:04Mission failed! "Ланс" Конференциялар лигаси гуруҳ босқичига чиқа олмади  2 00:31Эрон. "Истиқлол"лар дербисида меҳмон "Истиқлол" мағлуб бўлди  0 23:53Англия термасининг янги бош мураббийи илк ўйинларига кимларни чақирди?  0 23:15Расман: Лукакунинг янги жамоаси маълум қилинди  0 22:59Жароҳатлар таъқибига учраётган Ўзбекистон терма жамоаси тайёргарлигидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:15ЕЧЛ янги мавсумига қуръа ташланди!  49 22:03Конференциялар лигаси саралаши. "Ланс"нинг "Панатинаикос"га қарши асосий таркиби маълум бўлди  4 21:49Эрон. "Истиқлол" "Истиқлол"га қарши. Машарипов асосий таркибдами?  0 21:23Чеферин: "Суперлига ҳеч қачон бўлмайди!"  4 20:48МЮнинг 64 млнлик "биллури" сафдан чиқди  3 20:18Роналду: "Ҳеч қачон қўрқоқ бўлмаганман"  17 19:47"Реал" 2030 йилгача Эндрикнинг ҳар бир голи учун 35 000 доллардан тўлаб боради  8

Madridning ikki klubi engilgan La liganing 4-turi tahlili Yangiliklar

Madridning ikki klubi engilgan La liganing 4-turi tahlili

FIFA kunlari yakunlagach, o'tkaziladigan dastlabki turlar grandlar uchun har doim og'ir kechadi.

CHunki, katta klublarning deyarli to'liq tarkibi terma jamoalar xizmatiga safarbar etiladi. Bu esa bir nechta noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin:

Birinchidan, futbolchilarning milliy jamoalar tarkibiga borib qo'shilishi jarohatlar epidemiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Ikkinchidan, futbolchilar terma jamoa yig'inidan ruhan va jismonan turli xil kayfiyatda qaytishdi. Uchinchidan, futbolchi terma jamoa uslubiga moslashishi, u erda butkul boshqa vazifani bajarishi mumkin. Misol uchun, dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri David Alaba Avstriya terma jamoasi safiga qo'shilgach, yarim himoyachiga aylanishi, hatto hujumchi ortida ham harakatlanishi mumkin. Bu kabi holatlar futbolchilarning chalg'ishiga, noo'rin xatolar kelib chiqishiga asos bo'lishi mumkin.

La ligada qisqa muddatlik tanaffusdan so'ng o'tkazilgan 4-tur uchrashuvlari ham kutilgan va kutilmagan voqeliklarga boy bo'ldi. Hozir shulardan eng muhimlari haqida suhbatlashamiz.



«Atletik Bilbao» «Barselona»ni engishi mumkin, ammo «Malorka»ni emas. Baskoniyaning Gaizka Garitano boshchiligidagi etakchi klubi musobaqaning joriy mavsumini alo kayfiyat bilan boshlagandi. O'shanda amaldagi chempion darvozasiga «chalqancha» uslubda gol urgan Aric Aduriz bu gal La ligaga qaytgan kamtarona klub darvozasiga penaltidan ham gol kiritolmadi. «Malorka»ga qarshi bahs teng kurashlar ostida o'tdi. Yakunda hisob ham o'yinga mos bo'ldi va hech kimdan nur chiqmagan bahs durang bilan tugadi. Agarda bilbaoliklar mazkur uchrashuvda g'alaba qozonsa, musobaqa jadvalida «Sevilya» klubi bilan birgalikda qo'shhokimyatchilikni o'rnatishlari mumkin edi. Ammo, endi ular Madridning Real klubi bilan birgalikda 3-o'rinni bo'lishib turishga majburlar. «Malorka» esa hisobidagi ochkolar sonini to'rttaga etkazib olgani holda 15-o'rinni band qilib turibdi.

Madridning ikki klubi mag'lubiyatga uchradi. 4-tur poytaxt klublari uchun omadsiz o'tdi. Dastlab, «Leganes» klubi o'z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilib, yirik hisobda (0:3) mag'lubiyatga uchradi. Bu mavsumni ham oldingilari kabi ancha bo'sh o'tkazayotgan «Vilyarreal» klubi mavsumdagi ilk g'alabasiga «Leganes» maydonida erishgan bo'lsa, mezbonlar hali ochko ham to'play olmaganlar.

Mazkur turda Diegi Simeoni boshchiligida «Atletiko Madrid» klubi futbolchilari San-Sebastyan shahridagi «Anoeta» o'yingohiga tashrif buyurishdi. Mezbon «Real Sosedad» klubi uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv davomida transfer huquqi Madridning «Real» klubiga tegishli bo'lgan Martin Edegor o'z faolligi bilan ajralib turdi, hisobni ochishni ham uddaladi va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi, deb etirof etildi. Norvegiyalik futbolchi Madrid klubi asosiy tarkibidan o'rin egallash uchun qattiq mehnat qilmoqda. Mazkur bellashuvdagi harakatlari uning nimalarga qodirligini yana bir karra isbotladi. Kelasi mavsum Luka Modrich «Qirollik klubi»ni tark etsa, ehtimolki, Edegor uning o'rnini to'ldiradi.



38 yoshli Xoakin Sanches gol urishda davom etmoqda. Mazkur turda Andalusiyaning «Real Betis» klubi «Xetafe» jamoasini qabul qildi. «Benito Vilyamarin» o'yingohidagi bahsda jangovor durang qayd etildi. Bellashuvning 25-daqiqasida «Betis» klubi bir kishi kam bo'lib qoldi. Uchrashuv yakunida esa jamoa to'purari Loren Moron ham maydondan chetlatildi. SHu tariqa mezbonlar uchrashuvni 11 kishi bilan boshlab, 9 kishi bilan tugatishdi. O'yindagi hisobni mehmonlar hujumchisi Xayme Mata 15-daqiqada ochgan bo'lsa, 73-daqiqada Xoakin Sanches muvozanatni tikladi. Eslatib o'tamiz, mazkur futbolchi Ispaniya chempionatining faxriy yulduzlaridan hisoblanadi. Xoakin hozir 38 yoshda bo'lib, La ligada bundan 20 yil oldin debyut qilgandi.

Yangi murabbiy boshqaruviga o'tgan «Valenciya»ni Messisiz «Barselona» tor-mor keltirdi. Mazkur bahsda Ernesto Valverde boshchiligidagi «ko'k-anor ranglilar» mehmon «ko'rshapalaklar»ni 5:2 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi etiborni tortadigan eng yirik jihat – Anssumane Fatining ajabtovur o'yini. Fati shu kuni gol urishdan tashqari, yana bir golga hammualliflik ham qildi. To'g'ri, bir necha bor xatolarga yo'l qo'ygan, noaniq zarbalar yo'llagan futbolchi yirik planda kimningdir fonida ko'zga ko'rinmasligi mumkin. Ammo unutmaslik kerakki, uning yoshi hali o'n oltida. Ehtimol, Messining davomchisi bizning ko'z o'ngimizda katta futbolda atak-chechak qilayotgandir. Buni vaqt ko'rsatadi. 

Hozir aytishimiz mumkinki, «Barselona» 4 bahsda 7 ochko to'plab, musobaqa jadvalining 5-o'rnida boryapti. Klub muxlislarini ranjitadigan yana bir holat shuki, kataloniyaliklar to'rt uchrashuvda o'z darvozalaridan 7 bor to'p olib chiqishdi. Bu natija «Xetafe», «Alaves», «Osasuna», «Levante» kabi klublarnikidan ham yomonroq hisoblanadi. Mudofaa chizig'idagi zaifliklar jamoaning ECHLning murakkab guruhidagi ahvolini murakkablashtirib qo'yishi mumkin.


Bizni Zidan-Lopetegi to'qnashuvi kutmoqda. Madridning «Real» klubi Azar debyut qilgan bahsda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda Karim Benzema dubl qayd etdi. Ammo, mazkur bahs Zidan jamoasining ham mudofaa chizig'i havas qilarli darajada emasligini isbotladi. Bu borada musobaqa jadvalining yakka peshqadami bo'lib turgan «Sevilya» klubi alohida namuna ko'rsatmoqda. Xulen Lopetegi jamoasi hozirgacha bor-yo'g'I bir bor gol o'tkazib yubordi. CHempionat peshqadami kelgusi turda «Real»ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv shunisi bilan qiziqki, u musobaqa jadvalining yuqori pog'onalariga bevosita tasir ko'rsatadi.

Ortda qolga 4 turdan keyin, chempionatning eng yaxshi to'purar va hammualliflari bilan tanishing.



Eng yaxshi asistentlar: Montro («Granada»), Ander Kapa («A. Bilbao») 3 tadan.






Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика