Madrid policiyasi xavotirda
08 dek 2018 13:00
Yangiliklar
Madrid policiyasi xavotirda
"River Pleyt" hamda "Boka Xuniors" o'rtasidagi Libertadores Kubogining ikkinchi finalidan oldin Madrid policiyasi jamoalarning 500ga yaqin faol muxlislari tartibsizliklar uyushtirishidan xavotir olmoqda.
Malumotlarga ko'ra, ikki klubga ham 20 mingtadan chipta berilgan. Argentinadan 10 mingga yaqin muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda. O'yin vaqtida 4 mingdan ortiq harbiy va policiyachilar xavfsizlikni taminlashadi.
"River Pleyt" - "Boka Xuniors" uchrashuvi 24 noyabr kuni Argentina poytaxtida o'tishi kerak edi, ammo mezbon jamoa muxlislarining avtobusga qilgan hujumi tufayli bahs qoldirildi. Final o'yini 9 dekabr kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar