Madrid derbisi oldidan
02 mar 2014 10:45
Yangiliklar

Madrid derbisi oldidan
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Ispaniya primerosining 26-turidan o'rin olgan markaziy o'yin boshlanadi.
CHempionatda uchinchi o'rinda borayotgan "Atletiko" o'z maydonida peshqadam "Real"ni qabul qiladi. Bahs juda qiziqarli kechishiga shubha yo'q. Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida Diego Kostaning urgan goli "Atletiko"ga uch ochko keltirgandi. Karlo Anchelotti shogirdlari "Barselona" va "Atletiko" bilan o'rtadagi farqni oshirishga harakat qilishlari aniq.
To'purarlar poygasida 22ta gol urgan Ronaldu birinchi, undan bitta kam to'p kiritgan Diego Kosta ikkinchi o'rinda bormoqda.
Atletiko – Real Madrid
2 mart 2014. 21:00 (Toshkent)
"Visente Kalderon" stadioni
Bosh hakam: Karlos Delgado Ferreyro
Yordamchi hakamlar: Aytor Rios Peres, Andoni Uerga Sermeno
Zaxira hakami: Karlos Lopes Lopes
Taxminiy tarkiblar:
"Atletiko": Tibo Kurtua, Diego Godin, Xuanfran, Miranda, Filipe Luis, Arda Turan, Gabi Fernandes, Mario Suares, Koke, Diego Kosta, David Vilya.
Jarohat olganlar: Xavi Mankilo, Tiagu Mendesh
"Real": Diego Lopes, Marselo, Danieel Karvaxal, Pepe, Serxio Ramos, Garet Beyl, Xabi Alonso, Luka Modrich, Anxel Di Mariya, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema.
Jarohat olganlar: Sami Xedira
Statistika
Bu ikki klub Ispaniya chempionatlari tarixida 153 marta to'qnash kelishgan. "Real" 85 marta g'alaba qozongan, "Atletiko" 36 bor zafar quchgan. Qolgan 32ta bahs durang hisobida tugagan. "Real" 277ta gol urgan va 203 bor to'p o'tkazib yuborgan.
"Atletiko" o'z maydonida oxirgi marta "Real"ni 1999 yilda mag'lub etgan. SHundan so'ng bo'lib o'tgan 12ta o'yinda "matraschilar" 2 bor durang o'ynagan va 10 marta imkoniyatni boy bergan.
Talab istaklarga binoan o'yinning matnli translyaciyasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Fikrlar