So’nggi yangiliklar

10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  0 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  2 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  4 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  3 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  7 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  23 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  11 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  44 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  81 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  133 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1047

Lyubinko Drulovich: "Osiyo chempionatida juda murakkab guruhdan o'rin oldik" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Osiyo chempionatida juda murakkab guruhdan o'rin oldik"

Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 11 va 14 oktyabr kunlari Janubiy Koreya olimpiya termasiga qarshi safarda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Ayni paytda terma jamoamiz mazkur o'yinlar oldidan poytaxtimizda yig'in o'tkazmoqda.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich qita chempionatiga tayyorgarlik jarayoni va qura natijalari xususida o'z mulohazalarini bildirdi.

- Dastavval yaqinda bo'lib o'tgan qura to'g'risida fikr bildirib o'tsam. Osiyo chempionatida juda murakkab guruhdan o'rin oldik. Zero guruhimizdan joy egallagan har bir terma jamoa qitada etakchilar sirasiga kiradi. SHu boisdan oldinda bizni juda qiziqarli va shiddatli to'qnashuvlar kutayotgani tayin.

Lekin hali musobaqaga etarlicha vaqt bor va biz reja asosida tayyorgarlik jarayonini davom ettiryapmiz. Yaqinda Eron olimpiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgan edik. Ushbu raqib to'g'risida etarlicha tasavvurga egamiz. Endi esa Janubiy Koreya bilan ham bahs olib boramiz. Bilasizmi, biz ushbu raqiblar bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish masalasini quradan ancha avval kelishib olgan edik. Qura esa aynan o'rtoqlik o'yinlarida ham to'qnash kelgan terma jamoalarni bizga taqdim etdi. Nima ham deya olamiz, qura natijalarini oldindan taxmin qilib bo'lmaydi.

Terma jamoamiz tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Yigitlarning harakatlaridan ko'nglim to'lmoqda. Men o'z shogirdlarimga ishonaman. Ayni paytda bir qator jarohatlangan o'yinchilar safimizda emas. Qolaversa, ayrim futbolchilarimiz milliy terma jamoaga jalb etilgan. Osiyo chempionatiga qadar hali yana yig'inlar tashkil etamiz. O'ylashimcha, dekabr oyidagi yig'inda to'liq tarkib bilan shug'ullanamiz. Sekin-asta tarkib asosi shakllanib bormoqda. Terma jamoaga nomzod har bir futbolchida Osiyo chempionatiga borish imkoni mavjud. Ularning ichidan eng saralari qita birinchiligiga yo'l oladi, - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi tajribali mutaxassis.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика