Lyovga Xitoy terma jamoasini boshqarish va 2 yil uchun 50 mln. evro taklif etildi
06 may 2017 11:31
Yangiliklar
Lyovga Xitoy terma jamoasini boshqarish va 2 yil uchun 50 mln. evro taklif etildi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Xitoy futbol federaciyasidan taklif oldi.
Malumotlarga ko'ra, xitoyliklar iloji boricha tezroq milliy jamoani kuchli jamoaga aylantirishmoqchi va ularning fikricha, Lyov bu vazifani uddalaydi. SHu sabab tufayli "bundesmurabbiy"ga Xitoy terma jamoasini boshqarishni taklif qildi. Maoshga to'xtaladigan bo'lsak, nemis mutaxassisiga 2 yil uchun 50 mln. evro taklif qilishdi.
Germaniya terma jamoasi Lyov qo'l ostida 2014 yilgi jahon chempionatida g'olib bo'ldi. Murabbiyning nemis futbol ittifoqi bilan shartnomasi 2020 yilning 31 iyulida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
13:45
The Guardian nashri Lamin Yamal, Pau Kubarsi va o'zbekistonlik futbolchini bitta ro'yxatga kiritdi 2
Fikrlar