Lyov: “Myuller, Xummels va Boatengni Germaniya termasiga qaytarish uchun hech qanday sabab ko'rmayapman”
10 noy 2020 21:05
Yangiliklar
Lyov: “Myuller, Xummels va Boatengni Germaniya termasiga qaytarish uchun hech qanday sabab ko'rmayapman”
Germaniya terma jamoasi Yoaxim Lyov hozircha ularga ehtiyoj sezmayapti.
“Ayni vaqt Myuller, Xummels va Boatengga umid bog'layotganim yo'q. Agar Evro-2020'ga yaqin vaziyat o'zgarsa, u holda qarorimni qayta ko'rib chiqishim mumkin, ammo bunga hech qanday sabab ko'rmayapman.
Yosh futbolchilar bilan ishlashni yaxshi ko'raman. Ular o'z ishiga to'la sodiq va termaga zaruriy kuch olib kelishadi. Ha, moslashishda bazi qiyinchiliklar mavjud, ammo ular tez o'rganishmoqda va barchasi yaxshi bo'lishiga aminman”, deydi Lyov.
Eslatib o'tamiz, Germaniya TJ ertaga, 11 noyabr kuni o'z maydonida CHexiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Keyin esa nemislar Millat Ligasi doirasida Ukraina (14 noyabr) va Ispaniya (17) bilan to'qnash keladi.
Fikrlar