Lyakazett "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
31 jan 2021 11:28
Yangiliklar


Lyakazett "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
"Arsenal" forvardi Aleksandr Lyakazett APL 21-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" (0:0)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda franciyalik futbolchi "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr bilan muvaffaqiyatsiz tarzda to'qnashib ketdi. Lyakazettning o'rniga maydonga Eddi Nketia tushdi.
29 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Lyakazett "Arsenal"ga 2017 yilda "Lion"dan 53 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchining "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi yana 1,5 yilga amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar