So’nggi yangiliklar

20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  1 20:21U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23 0:0 (матнли трансляция)  71 20:14Туркия Суперкубоги. "Галатасарой" - "Фенербаҳче" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  5 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  0 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  8 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  4

Lutfulla To'raev: Umid qilamanki, virus tez orada ortga chekinadi Yangiliklar

Lutfulla To'raev: Umid qilamanki, virus tez orada ortga chekinadi

"Bunyodkor"ning tajribali o'yinchisi Lutfulla To'raev ham barcha futbolchilarimiz singari bugun uy sharoitida mashg'ulot o'tkazmoqda.

Karantinga qatiy amal qilayotgan yarim himoyachimiz o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Karantinga oilam bilan qatiy amal qilgan holda uydan tashqariga chiqmayapmiz. Kitob o'qib, farzandlarim bilan shug'ullanyapman. Qolaversa, formamni ushlab turish maqsadida uy tartibida mashg'ulot o'tkazyapman.

Karantin qachon tugashi nomalum. Mavsum qachon davom ettirilishi ham noaniq. SHu bois karantindan keyin jismoniy holatni tiklab olish oson bo'ladi, deb o'ylamayman. Sababi, hamma uyida yakka tartibda shug'ullanyapti, jamoaviy mashg'ulotlar o'tkazilmayapti. Baribir yakka tartibda shug'ullangan bilan jamoaviy mashg'ulotlarning orasida katta farq bor.

Mavsum qancha kech davom ettirilsa taqvim ham shuncha zichlashadi. Buni bir yaxshi tarafi bor. Hamma futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Barcha o'yinchilarning jismoniy holati bir xil bo'lish ehtimoli yuqori. Bunday vaziyatda murabbiylarda ham rotaciya qilish, istagan futbolchisini xohlagan vaqtda maydonga tushirish imkoniyati bo'ladi. CHunki aytganimdek, taqvim tig'iz bo'lgani uchun hammaga maydonga tushish imkoniyati beriladi va bu o'z-o'zidan jismoniy holatning bir xil bo'lishiga zamin yaratadi.

Xalqimizga nima deyishim mumkin? Hukumatimiz tomonidan belgilangan karantin qoidalariga, gigiena qatiy amal qilaylik. Uyda qolib, virusni tarqalishining oldini olishga hissa qo'shaylik. Xudo xohlasa virus tez orada ortga chekinadi va biz yana avvalgidek hayot tarziga qaytamiz, degan umiddaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика