Lutfulla To'raev O'zbekiston terma jamoasiga chaqirildi
27 sen 2019 17:34
Yangiliklar


Lutfulla To'raev O'zbekiston terma jamoasiga chaqirildi
Oktyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida ikkita o'yin o'tkazadi.
10 oktyabr kuni Toshkentda Yaman, 15 oktyabr kuni esa safarda Singapur bilan o'yinlar bo'lib o'tadi. 2 oktyabr kuni Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz Toshkentda yig'in boshlaydi.
Olingan malumotlarga ko'ra, ushbu yig'inga "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Lutfulla To'raev ham chaqiruv olgan. Malumot uchun, To'raev 2010-2015 yillarda terma jamoada 19ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar