Lukas Moura: “U APL afsonasiga aylanib bo'lgan”
02 iyu 2020 21:18
Yangiliklar


Lukas Moura: “U APL afsonasiga aylanib bo'lgan”
“Tottenxem” yarim himoyachisi Lukas Moura jamoadoshi Xarri Keynga yuqori baho berdi.
“O'ylashimcha, Keyn allaqachon APL afsonasiga aylangan. Uning darajasi ajoyib, ikkala oyoqda ham gol urishni biladi. Xarri kuchli. Keyn har bir o'yinda, har bir mashg'ulotda g'alaba qozonishni istaydi va bu o'z navbatida menga dalda beradi. Xarri tufayli kuchayib bormoqdaman”, deydi Moura.
Keyn joriy mavsum chempionatda 20 o'yinda qatnashib, 11+2 natija ko'rsatdi. U yanvarda olgan jarohatidan yaqinda forig' bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar