Lukaku yoki de Bryuyne? Kurtua CHempionlar Ligasi finalida kimni qo'llab-quvvatlaydi?
27 may 2023 14:09
Yangiliklar
Lukaku yoki de Bryuyne? Kurtua CHempionlar Ligasi finalida kimni qo'llab-quvvatlaydi?
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Romelu Lukaku va "Inter"ga CHempionlar Ligasi finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishini tiladi.
"SHaharliklar" yarim final bosqichida "Real"ni umumiy 5:1 hisobida taslim qildi. "Inter"ning final yo'lidagi so'nggi sinovi "Milan" (3:0) bo'ldi.
"Qaymoqranglilar" darvozaboni final to'qnashuvida Kevin de Bryuyneni emas, Lukakuni qo'llab-quvvatlashini aytdi:
"Umid qilamanki, Romelu CHempionlar Ligasida g'olib chiqadi. Albatta, Kevin ham u erda bo'ladi, lekin men Lukakuni biroz yaxshiroq deb bilaman. Men uni juda hurmat qilaman", – dedi Kurtua.
"Inter"ning "Manchester Siti"ga qarshi o'yini 10 iyun kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar