Lukaku so'nggi 3 o'yinda 6 gol urdi
07 mar 2019 01:38
Yangiliklar


Lukaku so'nggi 3 o'yinda 6 gol urdi
Ayni damda ECHLning 1/8 finali doirasida PSJ - "Manchester Yunayted" uchrashuvi davom etmoqda.
Uchrashuvning 2 va 30-daqiqalarida "Yunayted" futbolchisi Romelu Lukaku ikki bora gol urdi.
SHu orqali belgiyalik futbolchi jamoasi tarkibida so'nggi 3 o'yinda 6 gol kiritdi.
Bundan oldin Lukaku "Sautgempton" va "Kristal Pelas" darvozasiga ikkitadan gol urgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar