Lukaku: "Mourinyu "Manchester Yunayted" uchun ko'p ish qildi, uni juda hurmat qilaman"
28 jan 2019 18:45
Yangiliklar
Lukaku: "Mourinyu "Manchester Yunayted" uchun ko'p ish qildi, uni juda hurmat qilaman"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku jamoa sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyuning ishiga baho berdi.
"Men Mourinyuni Sulsher bilan solishtirmoqchi emasman. Joze Mourinyu klub uchun ko'p ish qildi. Uni juda hurmat qilaman. Aynan u tufayli "Manchester Yunayted"ga o'tganman.
Sulsher haqida to'xtaladigan bo'lsam, u hammasini shu erda boshlagan. Hammasi muvaffaqiyatli davom etadi, mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlaymiz va sovrin qo'lga kiritamiz deb umid qilaman" - deydi Lukaku.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar