Lukaku jarohat oldi
04 iyu 2022 22:14
Yangiliklar
Lukaku jarohat oldi
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Niderlandiyaga qarshi Millatlar Ligasi guruh bosqichi o'yinida jarohat oldi.
"CHelsi"ning 29 yoshli hujumchisi niderlandiyalik himoyachi Natan Ake bilan dueldan so'ng birinchi bo'limning 27-daqiqasida to'pig'idan jarohat oldi.
SHundan so'ng futbolchi almashtirildi. Hujumchining jarohati qanchalik jiddiy ekeanligi hozircha nomalum.
Belgiyalik hujumchi yakunlangan mavsumda "CHelsi" safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar