Lukaku: "G'alabadan mamnunman, ammo fikri hayolim Eriksenda"
13 iyu 2021 11:30
Yangiliklar
Lukaku: "G'alabadan mamnunman, ammo fikri hayolim Eriksenda"
Belgiya va "Inter" forvardi Romelu Lukaku Evro-2020 doirasida Rossiya ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
Daniya - Finlyandiya uchrashuvi vaqtida Lukakuning jamoadoshi Kristian Eriksen xushini yo'qotib, maydondan shifoxonaga olib ketildi. SHu boisdan uchrashuv to'xtab qoldi.
"O'yindan oldin men ham yig'ladim. O'yinga etibor qaratish juda qiyin bo'ldi. Boshqa futbolchilar shok holatiga tushib qolgandi.
U bilan bog'lanishga harakat qildim. Uning hayotiga hech nima havf solmayotganini o'qib, ko'nglim ancha taskin topdi. Umid qilamanki, u tezda maydonga qaytadi.
G'alabadan mamnunman, ammo fikri hayolim Eriksenda edi", - dedi Lukaku.
Fikrlar