Lukaku: "Bir kuni Konte jamoa oldida men juda yomon o'ynayotganimni yuzimga aytgandi"

Mirjalol Normatov
24 yanv 2020, 19:30
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku bosh murabbiy Antonio Konte bilan faoliyati haqida gapirdi.

- Konte futbolchilarining ko'nglini og'ritishni istamaydigan mutaxassis ekan. Rostdan shundaymi?

- Ha, u buni istamaydi. Biroq har doim bor gapni yuzimizga aytadi. Biz yaxshi o'ynayotganimiz yoki yomonligini to'g'ri tushuntiradi.

YCHL 1-turi doirasida "Slaviya"ga qarshi o'yinni rostdan ham juda yomon o'tkazgandim. Konte esa buni butun jamoa oldida baqirib aytgandi. Bunday holat faoliyatimda hali bo'lmagandi.

- U asabiylashib, nimalarnidir tepadimi?

- Yo'q, u shunchaki o'sha gaplarni aytdi va agar yana yomon o'ynasam 5 daqiqadan keyin almashtirilishimni tushuntirgandi. Shundan keyin biz "Milan"ga qarshi o'ynadik. Men ham faoliyatimdagi eng yaxshi o'yinlardan birini o'tkazdim.

O'shanda Konte menga ishonchimni qaytargandi. Uning oldida barcha futbolchilar bir xil darajada.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport