Lukaku: "A Seriya? Umid qilamanki, bu ligada o'ynayman"
Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 21:26
"Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukaku A Seriyada faoliyat olib borishi borasidagi savolga javob berdi.
"A Seriya? Nima uchun yo'q? U yerda, "Lacio"da mening ukam Jordan faoliyat olib boradi. Umid qilamanki, bu voqea sodir bo'ladi va A Seriya jamoasida o'ynayman", - dedi Lukaku.
Belgiyalik futbolchi bu mavsumda MYU tarkibida 11 o'yinda 4 gol kiritdi.