Luka Modrich: "Uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapmiz"
17 may 2023 00:15
Yangiliklar
Luka Modrich: "Uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapmiz"
"Real" futbolchisi Luka Modrich "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan o'zlariga ishonishini aytdi.
"Ushbu uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapmiz va bu o'yindan zavq olishni istaymiz. Yarim finallarda juda ko'p o'ynaganmiz va bu rostdan ham ajoyib holat. SHu sababli sabrimiz chidamayapti.
Sovrinlarimiz ko'p narsalar haqida gapiradi. O'yinga bo'lgan kayfiyat va kuch qanday ekanligini so'z bilan tasvirlab bera olmayman. Hozir biz uchun juda muhim palla, ammo albatta, o'z natijalarimiz bilan kerilib yura olamiz. Bunga loyiqmiz.
Bunday o'yinlarda juda ko'p o'ynaganmiz. Jamoamdagilar, murabbiylar, barcha-barcha xotirjamlikni saqlamoqda. O'z sifatlarimizga ishonamiz. O'ylaymanki, zo'r o'yin o'tkazamiz. Finalda o'ynash yanada yoqimli bo'ladi", - dedi Modrich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar