Luka Modrich: “Tottenxem”ga doim omad tilayman, faqat...”
17 okt 2017 22:40
Yangiliklar
Luka Modrich: “Tottenxem”ga doim omad tilayman, faqat...”
“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich CHempionlar ligasida “Tottenhem”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Tottenhem”dan ketgach, men albatta sobiq jamoamning o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bordim. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatib, rivojlanishda davom etayotganidan xursandman. Ularda yangi baza, stadion qurildi. Jamoa chempionlik uchun kurash olib bormoqda. O'ylaymanki, “Tottenhem” o'z ananalariga sodiq qolgan holda muxlislarnin qo'llab-quvvatlashi ostida bunday natijalarga erishmoqda.
Doim bu jamoaga omadlar tilaman, faqatgina bizga qarshi bo'ladigan ikkita o'yindan tashqari... Uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deydi Modrich.
Fikrlar