Luka Modrich Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin
21 sen 2023 13:52
Yangiliklar
Luka Modrich Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin
Xorvatiyalik yarim himoyachi qishda "Inter Mayami"ga o'tish ehtimoli mavjud.
"Real"ning 38 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich qishda argentinalik yulduz Lionel Messi to'p tepadigan "Inter Mayami" klubiga o'tishi mumkin.
Amerika klubi xorvatiyalik futbolchini keyingi transfer oynasida – qishda transfer qilishdan manfaatdor. Modrichning o'zi 2023/24 yilgi mavsumni Madrid klubi tarkibida o'tkazmoqchi, biroq u fikrini o'zgartirishi mumkin, deb xabar berdi "Telecomasia".
Luka Modrich 2012 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Yarim himoyachi ushbu mavsum La Liganing 5 ta o'yinida ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar