Luka Modrich ECHLda 50-uchrashuvini o'tkazdi
28 sen 2016 11:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/222555_original.jpg)
![](/upload/storage/222555_220.jpg)
Luka Modrich ECHLda 50-uchrashuvini o'tkazdi
Kecha Evropa chempionlar ligasi 2-turida "Real" safarda "Borussiya D" bilan durang o'ynadi - 2:2.
Ushbu o'yinda madridliklar safida Luka Modrich maydonga tushdi. Bu bahs xorvatiyalik futbolchi uchun musobaqadagi yubiley 50-uchrashuv bo'ldi.
Modrich "Tottenxem" safida 8ta, "Real Madrid" tarkibida 42ta o'yin o'tkazdi. 50ta uchrashuvda futbolchi 4ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar