So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  4 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Luka CHermel: “Bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz” Yangiliklar

Luka CHermel: “Bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz”

"So'g'diyona" himoyachisi Luka CHermel OFK Kubogidan hududlararo yarim finalidan o'rin olgan "Istern" (1:0) qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalambor, barcha o'zbekistonlik muxlislarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Juda qiyin o'yin bo'ldi. "Istern" tezkor va qiyin raqib bo'lishini avvaldan bilardik. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. 

O'yin davomida maqsad sari birlashib, harakat qildik. Natijada, muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Bosqichma-bosqich maqsad sari boryapmiz. Finalga qadar yana bitta uchrashuv turibdi. Bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz. 

CHindan ham ertaroq gol urishimiz mumkin edi, lekin buning uddasidan chiqa olmadik. Biroz shoshildik ham. Biroq baribir muhim bo'lgan golni urib, g'alaba qozondik. Muhimi, shu.

Biz raqib tanlamaymiz. Keyingi bosqichda kim bilan o'ynashimizning ahamiyati yo'q. Asosiysi, o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz, biz rejamizga sodiq qolamiz. Barcha raqiblarimizni juda qattiq hurmat qilamiz va shunga monand tayyorgarlik ko'ramiz", – dedi jizzaxliklar himoyachisi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика