So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Luka CHermel: "Bizni oldinda juda qiyin o'yinlar kutmoqda" Yangiliklar

Luka CHermel: "Bizni oldinda juda qiyin o'yinlar kutmoqda"

O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Mashal" (5:2) uchrashuvidan keyin jizzaxliklar himoyachisi Luka CHermel fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Mashal"ga qarshi bahsdan keyingi taassurotlaringiz qanday?
- O'yin juda qiyin kechdi. CHunki biz 120 daqiqa o'ynadik. Bahs boshida 2:0 hisobida oldinga chiqib oldik, shundan so'ng xatolarimiz evaziga ikkita gol o'tkazib yubordik. Aytaylik, jamoamiz bahs taqdirini ancha oldinroq hal qilib olsak bo'lardi. "Mashal" tezkor qarshi hujumlar bilan xavfli harakat qildi. Umuman olgandv raqib ham yaxshi jamoa, barcha yigitlarda imkoniyat bo'lishi bilan hujumga o'tishdi.

- Kubokning keyingi bosqichida kimga qarshi maydonga tushishni istardingiz?

- Biz raqib tanlamaymiz. CHunki biz qolgan jamoalar bilan ko'p marotaba to'qnash kelganmiz. Oson raqibning o'zi yo'q. Hammasi ijobiy natija ko'rsatish uchun maydonga tushadi.

- Jamoaning O'zbekiston kubogida qanday maqsadi bor?

- Bilasizmi, bizning jamoa o'z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo'ygan. Jumladan, kubokda ham maqsadimiz chempionlik hisoblanadi. Ammo jamoamiz OFK kubogida ham g'oliblikni niyat qilganmiz. Oldimizda 3 hafta ichida 7ta muhim bahs bor. Qisqa vaqt oralig'ilida barqaror futbol ko'rsatish qiyin, lekin biz muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика