Luisma Ernandes: "SHu yil hisobidan ikkinchi marta "Toshkent viloyati derbisi"da g'alaba qozonishga erishdik"
03 avg 2022 21:35
Yangiliklar
Luisma Ernandes: "SHu yil hisobidan ikkinchi marta "Toshkent viloyati derbisi"da g'alaba qozonishga erishdik"
- O'yin haqida
- SHu yil hisobidan ikkinchi marta "Toshkent viloyati derbisi"da qatnashdik va ularning ikkisida ham g'alaba qozonishga erishdik. G'alabalar osonlikcha qo'lga kiritilmadi, albatta. Bugungi uchrashuvda VAR ishlagani uchun alohida minnatdorlik bildiraman.
- "Metallurg" asosan to'pni oldinga tepib yuborish va yotib olib, vaqtni cho'zish bilan shug'ullandi. Ispaniya futboli falsafasi faqat chiroyli o'yin ko'rsatish ekanligini bilamiz. "Metallurg" o'yinini o'zingiz qanday baholagan bo'lardingiz?
- Biz o'z ishimizni alo darajada bajardik deb o'ylayman. Har bir uchrashuvda jamoalarning o'ziga yarasha imzosi ko'rinadi. Ataylab yotib olish orqali emas, balki vaziyatdan kelib chiqib shunday bo'ldi. O'ylashimcha, AGMK ham bizning holatimizda shunday yo'l tutgan bo'lardi.
Fikrlar