So’nggi yangiliklar

20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  0 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  0 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  0 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  8 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  2 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  4 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  32 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  12

Luisma Ernandes: "Biz har qanday jamoa bilan o'ynashga tayyormiz" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Biz har qanday jamoa bilan o'ynashga tayyormiz"

Coca-Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qattiq mehnat qilishda, ishlashda davom etayapmiz. O'tgan haftada o'tkazilgan mashg'ulotlarimizdan ko'nglim to'ldi. Biz har qanday jamoa bilan o'ynashga tayyormiz, bunga mana asta-sekinlik bilan erishayapmiz.

SHu bilan bir navbatda, etirof etish joiz, "Qizilqum" bugungi o'yinda juda shijoat bilan harakat qildi. Bu maydonda avval ham g'alaba qozongandik. 

Yana bir gapni aytish joiz, "Metallurg" klubi o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga birma-bir erishib bormoqda.

- Jamoa ketma-ket kuchli raqiblarni mag'lub etdi. Bu g'alabalar nimaning evaziga qo'lga kiritildi deb o'ylaysiz?

- Yozgi tanaffusdan so'ng klubda katta va ijobiy o'zgarishlarga qo'l urdik. Tarkibga yangi futbolchilar jalb etildi. Hozirgi kunda jamoamizda o'yin davomida g'alabaga bo'lgan intilish juda yuqori. Bundan tashqari murabbiylar shtabi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham  meni har tomonlama qoniqtirmoqda.

- Jamoa Superligadagi o'rnini saqlab qoldi. Oldindagi o'yinlarda ham hujumkor uslubni saqlab qolasizmi?

- Biz har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Uslub har bir uchrashuvda har-xil bo'lishi mumkin. Balki hujumkor, balki himoyaviy, lekin bizning rejalar hammasi g'alabaga qaratiladi.

- Muhammadali Aliqulovning birinchi bo'limdayoq almashtirilishi nima bilan bog'liq? Futbolchi jarohat oldimi?

- Ha, jarohat sababli almashtirdik. Unda ozgina bezovtalik bor edi. SHu sabab tavakkal qilishni istamadik. Bugungi o'yinda zaxira futbolchilarimizdan ham mamnun bo'ldim.

- Zabihullo O'rinboevning o'yinlari haqida fikringiz qanday?

- Zabihulloning bugungi o'yinidan mamnunman. U mashg'ulotlarda ham astoydil ishlayapti. U "Paxtakor"ga ham, bugun "Qizilqum"ga ham juda chiroyli gol urdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика