So’nggi yangiliklar

13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  0 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  0 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  9 11:35Луис Энрикенинг шаҳсан ўзи Рэшфордни ПСЖда кўрмоқчи  2 11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  1 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  1 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  3 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 09:27"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  3 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  0 08:11Викарио "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган  1 07:49"Реал Мадрид" Мартин Субименди учун курашга киришди  0 07:25Венсан Компани: "Яқин йилларда ПСЖнинг қатор футболчилари Месси, Неймар ва Ибрагимович даражасига чиқади"  5 05:05Остон Ўрунов жамоаси Қатар клуби билан муроса кўчасини танлади  0

Luish Nani: Bolalikdagi do'stlarim qamoqqa tushishgan Yangiliklar

Luish Nani: Bolalikdagi do'stlarim qamoqqa tushishgan

Teglar :  Luish NaniValensiya
Nani kambag'allikda, ota-onasi mehridan uzoqda, Lissabondagi xaroba kvartallarning birida o'sdi.

Ammo oilasining munosib hayot kechirishi uchun kurashdan to'xtamadi va vaqtiki kelib, Portugaliya terma jamoasi tarkibida Evro-2016 turnirida ishtirok etdi va chempionga aylandi.

Ser Aleks Fergyuson nigohi bilan har qanday kishining etini junjiktirib yuborishni, kiyim almashtirish xonasida MYU etakchilarini elparchin qilishni, smartfon bilan futbolchilarga tashlanishni, stul yoki suv to'lg'azilgan shisha idishlarni tepishni, o'yinchilarni bor ovozi bilan baqirgan ko'yi jahl otiga mindirishni doimo o'rinlatib kelgan. Bularning hech biri foyda bermagan taqdirda esa, butsani Devid Bekxemning ko'ziga qoyillatib mo'ljallashni ham uddalagan.Fergyuson kimsan Bekxemni - barchaning birday etiborida bo'lgan shaxsni kamsitishning uddasidan chiqqan ekan, o'zaro suhbatda oriqqina qora tanli yigitni - Manchesterga muzokara olib borish uchun bir hafta ovqat emagan insonday tashrif buyurgan futbolchini ne ko'yga solganini taxminan bashorat qilish mumkin.

Fergi va uning yordamchisi Karlush Keyrush Nanini bir yarim yil davomida kuzatishgan va uning har bir fintini bilishganidan ser Aleks unga futbolga oid birorta ham savol bermadi. So'ragan yagona narsasi: Angliyada o'ynash uchun ruhan tayyormisan? Qanday texnikaga egaligingning menga qizig'i yo'q, ruhan tayyormisan?, bo'ldi.  O'shanda Nanining ovozi titramadi, etni junjiktirib yuboradigan nigohga ham bardosh berdi. Xotirasida bolaligidagi bir ko'rinish jonlangan bo'lsa ne ajab - kichkina Luish o'rtoqlariga vaqtiki kelib Manchester Yunayted libosini kiyishini aytmoqda. Ular esa: Albatta kiyasan, faqat tushingda, deb javob qaytarishyapti...

Nanining Manchesterga tashrifidan 5 kun avval esa shu paytgacha Portuda o'ynagan braziliyalik Anderson klubga kelgandi. Har ikkalalarini Krishtianu Ronaldu... o'z qaramog'iga oldi - vaqtincha birga yashash uchun uyiga taklif ham qildi. SHaroitlar esa hayratda qolarli darajada edi - basseyn, tennis korti... Krishtianu ularga har jabhada yordam berishga intilar, yo'l qoidalarini tushuntirishdan boshlab, mahalliy paparaccilar haqida hikoya qilardi. Nani bunday qabuldan o'zini yo'qotib qo'ygani etmaganiday, oqsuyaklarga xos sharoitlarga anchagacha ko'nikolmadi - xonasidan chiqishdan qo'rqib ko'p och qoldi, chunki yolg'iz ovqatlanishga o'rganmagandi-da.

SHunga qaramay, Manchesterda Nani o'sishi uchun sharoit bor edi - Yunayteddan maosh, yaxshigina uy, Krishtianu va Ueyn Runi bilan o'tkazilayotgan mashg'ulotlar, karerasining muvaffaqiyatli boshlanishi... Endi u kelajakka ishonch bilan boqa olardi. Ammo hamma gap bolalikdami? Luishlar - o'shanda u hali Nani emasdi (darvoqe, bu nomni unga singlisi Kristened bergan) oilasi Lissabon atrofidagi xarobalarda yashar, oila ko'p bolali bo'lib, u eng kichigi edi. Bu oila yaxshi hayot umidida Kabo-Verdedan ko'chib kelgan, ammo og'ir yashash sharoitida o'zgarish bo'lmagandi. Domingush - oila boshlig'i munosib ish axtarib, turli o'lkalarga bora boshladi, bir safar esa ortga qaytmadi. O'shanda Nani 5 yoshda edi. Ke-yinroq onasi Mariya ham Niderlandiyaga yo'l oldi va o'sha erda yangi hayotini boshladi. Nani o'shanda 12ga kirgandi.

O'smir xolasi Antoniya qaramog'ida qoldi va bu ayol uni Santa-Filomenedagi uyiga olib ketdi va bolaga ikkinchi ona bo'lib qoldi. Nanilarning uyi bir qavatli bo'lib, tomi temir listlar bilan yopilgan, atrofda eski matras va metall bo'laklari yoyilib yotardi. Asosan Angola va Kabo-verdelik kelgindilar yashaydigan kvartal uchun odatiy holat. U erda yashash og'ir edi, - deb eslaydi Nani. - Policiya bilan doimiy muammolar, tez-tez o'q ovozlari ham eshitilib turardi. Bu er zo'ravonlar maskani edi. Bolalikdagi ko'pchilik do'stlarim qamoqxonalarga tushishgan, meni esa bunday qismatdan futbol saqlab qoldi. Nani yo'qchilikda ulg'aydi, bir xonada 6 akasi bilan uxladi. Uyg'onganda esa o'zini Luish Figu deb tasavvur qilgancha to'p ortidan quvdi. 6-7 soat yugurib charchaganda ham uyga shoshilmas, chunki tushlik qilgani baribir hech narsa yo'q edi. Akasi Paul Robertu bo'lmaganida bu holat yana qancha davom etishi nomalum - bir kuni u ukasining qo'lidan ushladida  Massama klubi mashg'ulotlariga olib bordi. Ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan bolani murabbiy  jamoaga qabul qilishga qaror qildi. To'yib ovqat emaganidan bolakay juda kuchdan qolgandi, ammo uning to'p bilan muomalasini ko'rib barchamiz hayratdan yoqa ushlab qoldik va uning oriqligini ham yoddan chiqardik, - deydi Nanining birinchi murabbiyi Luish Nevesh.

Massamada Nani nafaqat o'zi kabi yosh iqtidor egalari bilan birga to'p tepish, balki to'yib ovqat eyish imkoniga ham ega bo'ldi. O'smirni sport anjomlari va kiyim-boshlari  bilan taminlashdi, pasport olishida ko'maklashishdi. Nani mashg'ulotlarga 5 kilometr masofani piyoda bosib borardi. Qaytishda ham Santa-Filomenadan Amadoruga olib boruvchi temir yo'l shpalalari ustidan yayov ketardi. Mashg'ulotlar oqshomgacha davom etganida u o'g'rilar qo'liga tushmaslik va kaltaklanmaslik uchun poezdda quyon bo'lardi. To'g'ri, har safar ham policiyachilar ko'zini shamg'alat qilishning uddasidan chiqolmasdi, shunday hollarda bola erga qaraganicha nega poezd chiptasi uchun pul to'lamayotganini tushuntirishga harakat qilardi: CHindan ham pulim yo'q, oyimning ham puli yo'q, ammo men mashg'ulotlarda qatnashishim kerak. Bu oilamizning ko'tarilishi uchun yagona imkondir. Nani hayotini yaxshilash uchun bor kuchi bilan harakat qilar, akasi Paulu Robertu to'p ortidan quvganida uning ortidan yugurar, qurilishda pul ishlash imkoni paydo bo'lganida ham yordamini ayamasdi. Paulu hatto Sporting va Ayaksda ko'rikdan ham o'tdi, ammo mustahkamlana olmadi. Keyin esa jinoyatchilar maskani bo'lgan kvartal hayoti uni batamom yutib yubordi.

Vaqtiki kelib, imkonidan yuqoriroq sakrashi talab qilinganida Nanining oldida 2 yo'l turardi: Sporting yoki Benfika? Ammo u Portuning muxlisi edi-ku, taklif esa boshqa klublardan tushdi. SHunda Nani ayyorlik yo'lini tutdi - seshanba kunlari Benfika lageriga yo'l oldi, payshanba va jumada Sporting ko'rigida qatnashdi. Hammasini esa birgina kutilmagan voqea hal qildi - burgutlar Boavishtaga qarshi Da Lush stadionida o'tkaziladigan bahsda ko'rikdan o'tayotganlarga imkon berishga qaror qilishdi...

Vaqtiki kelib, Nani Sportingning Alkoshetdagi mashhur akademiyasida tahsil oldi, Krishtianu va Rikardu Kuarejma bilan tanishdi, 5 yil o'smirlar jamoalarida pishdi,  2005 yil yozida esa jamoani Paulu Bentu qabul qildi - aynan u  yoshlardagi futbolchi o'yinlariga yuqori baho bergandi. SHu tariqa Nani asosiy tarkib pattasiga ega bo'ldi, bir mavsumda 36ta o'yinda maydonga tushdi, keyingi yili esa CHL doirasida Spartak darvozasiga Lujnikida gol urdi. Manchesterga ketish oldidan esa Bentu bilan mashg'ulotlarda to'qnashdi. Sabab bir qarashda arzimasday edi - to'p maydon tashqarisiga yo'l olganida bo'lg'usi Dinamochi Kushtodiu uni xotirjam kuzatib qoldi. Nani bo'lsa qattiq podkat usulini qo'lladi. Kushtodiuga muz qo'yishayotganida Paulu unga o'girildi-da dedi: Hammasi tamom, sendan yaxshi futbolchi chiqmaydi. Nani esa: Sen shunday deyapsan, to'g'rimi? Ammo bu gap menga tegishli emas. Ko'p o'tmay Luish tumanli o'lkaga yo'l oldi, Yunayted bilan shartnomaga imzo chekdi, Krishtianuning uyiga ko'chib o'tdi, u esa yangilardan yordamini ayamadi. 2008 yil mayida esa Nani ham Ronalduga yordam berdi -  o'shanda Lujnikidagi CHL finalida penaltilar seriyasi davom etayotganida Krishtianuning zarbasi noaniq tus olib, ko'zlarida yosh paydo bo'lganida, Nani keyingi zarbani berishi kerak edi. Bu to'pni ham Petr CHex qariyb qaytarishni uddaladi - ammo, qariyb gol urilmadi degani emas. Keyin Terri va Nikolya Anelkalar ham xato qilishdi va Nani kubokni ilk ingliz mavsumining o'zidayoq boshi uzra baland ko'tardi.

Nanini hamma qo'llab-quvvatlardi - Krishtianu ham, Ueyn Runi va ser Alekslar ham, ammo uning o'zi yoshlarga xos kasallik bilan og'rigandi: nostabillik. Manchesterdagi qatorasiga 2 mavsumni shunchaki o'tkazganiga qaramay, u Portugaliya terma jamoasidan JCHga chorlov oldi. Ammo kutilmaganda elkadan olingan jarohat hammasini bekor qildi. Oqibatda, Nani depressiya holatiga tushdi - uyga kelgach, mashinaga o'tirdida gazni bosgancha boshidagi bo'lmag'ur fikrlarga erk berdi. Keyin esa sal o'zini bosib oldi va bu jarohat o'z ustida yanada ko'proq ishlash uchun belgi ekanligini tushunib etdi. 2010G'11 yillar mavsumi Nani uchun faoliyatidagi eng yaxshi mavsum bo'ldi - u 19ta golli uzatmalarni amalga oshirdi, Manchester Sitiga qarshi derbi qahramoniga aylandi (golQpas) va Qizil iblislarga CHL finaliga chiqishda yordam berdi.

Bir yildan keyin Luishning o'yi-ni yana ortga qaytganday bo'ldi, ammo u Evroga bordi va Krishtianudan olgan barcha yordamlarini esidan chiqarib, unga qarshi noroziliklarga etakchilik qilgan, degan gap-so'zlar tarqaldi - Germaniyaga yutqazib qo'yishganidan keyin Krishtianu sardorlik bog'ichini echib tashlagandi. Mish-mishlar mish-mishligicha qoldi, ammo barchasi unut bo'lmadi - Nanini tez-tez tanqid qiladigan bo'lib qolishdi, MYU tarkibidan ham kam o'rin oladigan bo'ldi, 2012 yilning yozidan 2014 yilgacha premer-liganing bor-yo'g'i 23 uchrashuvida maydonga tushdi. Uyiga - Lissabonga qaytib, Sporting tarkibida kuchli mavsumini o'tkazdi. O'tgan yozda esa MYU oldidagi bor majburiyatidan qutulib, Stambulga ko'chib o'tib. Fenerbaxche tarkibida bir mavsumda jarimaning o'zidan 6ta gol urdi va bu bilan barchada nima uchun termadagi standartlarni faqat Ronaldu amalga oshiradi, degan savolni keltirib chiqardi. Evro-2016da esa Nani ilk bor asosiy tarkibdan mustahkam o'rin egalladi. Markaziy hujumchi sifatida gollar urdi, turnir davom etayotgan bir paytda Ispaniyaning Valensiya jamoasidan taklif oldi.

Evro-2016 davomida terma safida maydonga tushganida tribunadan uni yana Portugaliyaga qaytgan Mariya qo'llab-quvvatladi - Luish u bilan yaxshi munosabatda bo'lishga intilyapti. Sal avvalroq esa Nani otasining oldiga - Kabo-Verdega borib keldi.  Nani Lissabon markazidan 3 xonali kvartira sotib olgan. Tomi zanglagan temir listli uylarini esa er bilan tekislab tashlashgan. Endi u erdan hech kim shpalalar bo'ylab mashg'ulotlarga qatnamapti.

I.OBIDOV tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика