So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  8 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  6 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Luish Figuning o'yinlarini ko'rib katta bo'lgan, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida o'ynagan Jonibek Ko'chimov bilan intervyu Yangiliklar

Luish Figuning o'yinlarini ko'rib katta bo'lgan, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida o'ynagan Jonibek Ko'chimov bilan intervyu

Xabaringiz bor, Jizzax viloyatining "Zomin" klubi joriy mavsumdan PRO-Liga musobaqalarida ishtirok etmoqda.

Saytimiz muxbiri jamoaning tajribali futbolchilaridan biri, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Jonibek Ko'chimov bilan intervyu tashkil etdi.

- Salom Jonibek! Futbolga kirib kelishingiz qanday yuz bergan?
- Bolaligimdan futbolga qiziqardim. Oilamizdagilar meni stadionlardan qidirib yurishardi. Dadam futbolga juda qiziqadilar va o'zlari mendagi qiziqishni ko'rib Navoiy futbol maktabiga olib borganlar. Futbolga kirib kelishim shu tariqa yuz bergan.

- Sizni futbol muxlislari O'zbekiston o'smirlar terma jamoasidagi o'yinlaringiz orqali yaxshi tanishadi. Aytingchi, terma jamoa libosida maydonga tushgan futbolchida qanday hissiyotlar bo'ladi?

- Terma jamoa safida maydonga tushish har bir futbolchining orzusi bo'lsa kerak. Allohga shukr, o'smirlar terma jamoasi safida o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim. Bilasizmi, terma jamoada o'ynagan futbolchi ortida Vatan turganini his qiladi. Bu o'ziga yarasha ulkan masuliyat talab qiladi.

Afsuski Osiyo chempionatida Suriyaga imkoniyatni boy berib, jahon chempionati yo'llanmasidan quruq qolganmiz. Juda alamli mag'lubiyat bo'lgan.O'sha o'yindan keyin ancha vaqtgacha o'zimga kela olmay yurgandim. Nasib bo'lsa o'z ustimda ishlab milliy terma jamoamiz safida maydonga tushishga intilaman.



- Jonibek Ko'chimovning futboldagi kumiri (sevimli futbolchisi) kim?

- Yoshligimdan Luish Figuning o'yinlarini ko'rib, futbolga qiziqishim yanada ortgan.

- Xorij futbolida qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- O'zim "Real Madrid" muxlisiman va bu jamoa ishtirokidagi barcha o'yinlarni qoldirmay ko'rib boraman.

- Joriy mavsumda "Zomin"ning ko'rsatayotgan natijalari ko'ngildagidek emas. Sizningcha, jamoaga nima etishmayapti?

- Ko'rayotgan bo'lsangiz, jamoamiz yomon o'yin namoyish etmayapti. Bizga ozgina omad etishmayapti nazarimda. Nasib bo'lsa oldindagi uchrashuvlarda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.

- Jamoa muxlislariga tilaklaringiz...

- "Zomin" muxlislariga tilaklarim, hamisha sog'-salomat bo'lishsin. Nasib bo'lsa navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonib ularni xursand qilamiz. Albatta, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan xolda stadionimizga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolaman.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика