Luis Suares: "Kaminaga "Real" qiziqish bildirgan, ammo men "Barselona"da o'ynashni orzu qilardim"
10 apr 2015 11:43
Yangiliklar


Luis Suares: "Kaminaga "Real" qiziqish bildirgan, ammo men "Barselona"da o'ynashni orzu qilardim"
"Real" o'z paytida "Barselona" hujumchisi Luis Suaresga qiziqish bildirgan.
Bu haqda Urugvay terma jamoasining futbolchisining o'zi malum qildi.
"Haqiqatdan ham kaminaga "Real" qiziqish bildirgan. Ammo men "Barselona"da o'ynashni orzu qilardim. Bu klubga o'tish haqida eshitganimda, kelajakda qaysi jamoaga o'tishim borasida shubha bo'lmagan. To'g'risini aytsam, hech qachon "Barselona" tomonidan qiziqish bo'ladi deb o'ylamagandim. Jamoamiz o'yini haqida to'xtaladigan bo'lsam, odamlar "tiki-taka" uslubidagi chiroyli o'yinga o'rganib qolgan. Ammo raqib yopiq o'yin ko'rsatsa, sen boshqacha harakat qilishing kerak" - deydi Suares.

Fikrlar