Luis Suaresning “Inter Mayami”ga o'tishi juda qimmatga tushishi mumkin

Alisher
19 iyul 2023, 08:22
Luis Suaresning AQSHga o'tishi amalga oshmasligi mumkin.

Chunki Luis Suares “Inter Mayami”ga o'tishi uchun “Gremio”ga 70 million evro tovon puli to'lashi kerak. Sababi 2024 yil 31 dekabrgacha amal qiladigan shartnomani bekor qilish uchun aynan shuncha tovon to'lash belgilab qo'yilgan.

Ushbu mavsum Braziliya chempionatida Luis "Gremio" tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 4 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru