Luis Enrike: “To'pni tez-tez yo'qotganimizdan xursandmasman”
04 sen 2020 09:32
Yangiliklar
Luis Enrike: “To'pni tez-tez yo'qotganimizdan xursandmasman”
Ispaniya terma jamoasi ustozi Germaniyaga qarshi 1:1 hisobidagi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Birinchi bo'limda raqibga qaraganda bizda bir nechta yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi. Nemislar goldan so'ng chuqurroq himoyada o'ynashga qaror qildi, biz esa qanotlardan foydalandik. Menga futbolchilarning g'alabaga ochligi yoqadi, xuddi ushbu bahsda bo'lgani kabi. Ferran Torres (debyut qildi) qoyilmaqom o'ynadi. Fati uchun esa bu orzudagi debyut edi. Agar bahsga toza futbol tarafidan qaraydigan bo'lsak, to'pni tez-tez yo'qotganimizdan xursand emasman. Balki xatolarga o'yin tezligi ham sabab bo'lgandir”, — deydi Luis Enrike.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar