Luis Enrike: "Selta" ustidan qozonilgan g'alaba mavsum oxirida hal qiluvchi rolni o'ynashi mumkin"
06 apr 2015 13:14
Yangiliklar
Luis Enrike: "Selta" ustidan qozonilgan g'alaba mavsum oxirida hal qiluvchi rolni o'ynashi mumkin"
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Selta"ga qarshi uchrashuvdan so'ng, o'z jamoasining harakatlari haqida to'xtaldi.
"Bugun ochiq o'yin bo'ldi. Raqib bir necha marta darvozamizga xavf soldi, ammo ulardan foydalana olmadi. Bunday o'yinlarda futbolchilarning individual sifatlari birinchi o'ringa chiqib qoladi. Bugun raqibni strategik jihatdan mag'lub etishimiz shart edi. Bu g'alaba mavsum oxirida hal qiluvchi rolni o'ynashi mumkin" - deydi Enrike.
Fikrlar