Luis Enrike: "Ronalduning ishiga izoh berish niyatim yo'q"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2015, 13:17
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Real" va "Kordova" uchrashuvida Ronalduning chetlatilishi haqida fikr bildirishni istamadi.

O'sha o'yinning oxirida Krishtianu Ronaldu raqib himoyachisi Edimarga zarba beradi va qizil kartochka olib maydonni tark etadi.

"Bu borada izoh bildirishga hojat yo'q. Bu holatda o'z futbolchimga nima degan bo'lardim? Agar "Barselona"ning futbolchisi ham shu ishni qilsa, unga xuddi hozirgidan munosabatda bo'laman" - deydi Luis Enrike.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com